Soçidagi yonğinda özbekistonlik yigit ona-bolani qutqarib qoldi
1-11-2025, 22:30
392 марта
Soçidagi yonğinda özbekistonlik yigit ona-bolani qutqarib qoldiRossiyaning Soçi şahridagi köp qavatli uylardan birida 31 oktyabr kuni yonğin sodir böldi. Hodisada hayoti xavf ostida qolgan ona va bolani özbekistonlik haydovçi Şerzod Namozov qutqarib qoldi.
Şerzodning yonğin vaqtidagi jasurlarça qilgan xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, unga olqişlar keltirdi. Malum bölişiça, Soçi şahrining Alpiyskaya köçasida joylaşgan beş qavatli uyda 31 oktyabr kuni yonğin çiqqan.
Yonğin vaqtida yoş bolasi bilan binoda qolib ketgan ayol derazadan boqib, yordam söragan. Şu vaqtda özbekistonlik haydovçi Şerzod Namozov voqea joyiga öz taksisida mijoz olib kelgan edi.
Malum bölişiça, Şerzod Namozov Surxondaryo viloyati Termiz tumani Uçqizil mahallasidan. U Rossiyaga işlaş uçun borib, haydovçilik bilan şuğullanmoqda.
“Yordamga muhtoj insonni körgan odam unga yordam berişga şoşilişi tabiiy. Men faqat insoniylik burçimni bajardim xolos”, degan Şerzod.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga köra, yonğin taxminan 600 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Hodisada jami uç kişi qutqarilgan, bir neça kişi jarohatlanib, şifoxonaga