Urgançda 9 qavatdan özini taşlamoqçi bölgan ayol IIB xodimi tomonidan qutqarib qolindi
29-07-2025, 13:08
2 262 марта
Urgançda 9 qavatdan özini taşlamoqçi bölgan ayol IIB xodimi tomonidan qutqarib qolindiBugun, 29 iyul kuni Urganç şahridagi dehqon bozori yaqinida joylaşgan 9 qavatli uy tomida fojiali holat yuz berişiga sal qoldi.
Bir ayol özini bino tomidan taşlaş niyatida xavfli joyga çiqib ötirgan paytda, Urganç şahar IIB xodimi Avezov Dilşod uning orqasidan bildirmasdan yaqinlaşib, öz vaqtida qutqarib qoldi.
Guvohlarga köra, ayol ruhiy tahlikali holatda bölgan va uning bu harakati atrofdagi fuqarolarni ham taşvişga solgan. Hodisa joyiga tezkor ravişda tegişli xizmatlar yetib kelgan.
Hozirda ayol bilan psixologlar iş olib bormoqda, voqea yuzasidan tegişli organlar tomonidan tekşiruv boşlangan.
Avezov Dilşodning professional va jasur harakati tufayli bir insonning hayoti saqlab qolindi.
Mutasaddi idoralar tomonidan aholi örtasida ruhiy soğlomlikni mustahkamlaş, bunday holatlarning oldini oliş böyiça tizimli işlar olib boriş muhimligi yana bir bor namoyon böldi.