Xitoyda keksalar soni ilk bor bolalardan oşib ketdi
Xitoyda 65 yoş va undan katta aholi soni ilk bor 14 yoşgaça bölgan bolalar sonidan oşib ketdi. 2025 yilda mamlakatdagi keksalar soni 223,65 millionga yetgan bölsa, bolalar soni 212,76 millionni taşkil etdi. Bu haqda Xitoy Milliy statistika byurosi malum qildi.
Qayd etilişiça, 2025 yilda mehnatga layoqatli aholiga nisbatan keksalar uluşi 23,1 foizga yetgan. 2024 yilda bu körsatkiç 22,8 foizni taşkil etgan. Bolalar uluşi esa şu davrda 23 foizdan 22 foizga kamaygan.
Xitoyda aholi sonining ösişi 2016 yildan boşlab sekinlaşgan. 2022 yilda esa mamlakat aholisi ilk bor kamaygan. 2025 yilda tuğiliş darajasi har ming kişiga 5,63 tani taşkil etib, 1949 yildan buyon eng past körsatkiçga tuşgan.
Hozirda Xitoyda 16–59 yoşdagi aholi 851,36 million kişini taşkil etadi. Bu jami aholining 60,6 foiziga teng. 65 yoş va undan kattalar esa mamlakat aholisining 15,9 foizini taşkil qiladi.
Tahlilçilarga köra, Xitoy aholining qarişi va mehnat yoşidagi fuqarolar uluşining qisqarişi bilan boğliq uzoq muddatli demografik özgarişlar davriga kirgan.
Hukumat tuğiliş darajasini oşiriş maqsadida 2016 yilda oilalarga ikki nafargaça, 2021 yilda esa uç nafargaça farzand körişga ruxsat bergan. Biroq iqtisodiy ösişning sekinlaşişi, yaşaş va bola tarbiyasi xarajatlarining oşişi oilalarning farzand körişga bölgan qaroriga tasir qilmoqda.
Aholi sonining kamayişi va qariş jarayoni kelajakda Xitoyda işçi kuçi qisqarişiga olib kelişi va mamlakat iqtisodiyotiga tasir körsatişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy poytaxti Pekin aholisi 2035 yilga borib “öta qarib qolgan“ jamiyatga aylanişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bu vaqtga kelib, şahar aholisining qariyb uçdan bir qismini 60 yoş va undan kattalar taşkil etadi.