Turkiyada demografik muammo: mamlakat “qarimoqda”
14-03-2026, 15:35
207 марта

Turkiyada demografik muammo: mamlakat “qarimoqda”
Turkiyada 65 va undan katta yoşli aholi soni sönggi 5 yilda 20 foizdan oşib ketdi. 100 yoş va undan kattalar soni esa 10 mingdan ortiqni taşkil etgan. Bu haqda Turkiya statistika qömitasi xabar qildi.Qömita tomonidan elon qilingan malumotlarga köra, Turkiya aholisi 86 million 92 ming 168 nafarni taşkil etgan. “2025 yilgi qariyalar statistikasi”da 2020 yilda 7 million 953 ming bölgan qariyalar soni 2025 yil oxirida 9 million 583 ming 59 nafarni taşkil qilib, mamlakat umumiy aholisining 11,2 foiziga yetgan. Eng “qariya” şahar esa Sinop bölgan.
Demografik prognozlarga köra, 2030 yilda bu körsatkiç 13 foizdan ham oşişi mumkin. Şu bilan birga qariyalar sonining aholiga nisbatan uluşi ham ortib bormoqda. Hozirda har 100 nafar mehnat yoşidagi insonning gardaniga taxminan 16 nafar qariyani taminlaş masuliyati tuşmoqda. Bu holat kelajakda ijtimoiy taminot xarajatlarining ortişiga va işçi kuçi kamayişiga olib kelişi mumkin.
Turkiyada qariyalar uluşi böyiça eng yuqori körsatkiç 20 foizdan ortiq bölgan Sinop şahrida saqlanib qolgan. Aholi soni jihatidan esa eng “qariya” megapolis Istanbul hisoblanadi.
Şuningdek, mamlakatda 100 yoş va undan katta bölgan 10 228 nafar qariya yaşamoqda. Ularning 8 mingdan ortiğini ayollar taşkil etadi. Umuman olganda, 65 yoşdan kattalar orasida ayollar uluşi 54,1 foiz bölib, erkaklardan ança yuqori.
Turkiyada taxminan 1 million 700 ming qariya uyida yakka holda yaşaydi. Ularning 75 foizini bevalar taşkil qiladi. Qarindoşlar yordami va oilaviy qöllab-quvvatlaş hali ham kuçli. Ammo yolğiz yaşaydigan qariyalar soni oşib borayotgani kelgusi yillarda ijtimoiy ğamxörlik masalasi Turkiya uçun eng dolzarb masalalardan biri bölişini körsatmoqda.
Qayd etiş joiz, 2023 yil oxiriga kelib, Turkiya BMT tasnifiga köra aholisi “keksa” bölgan davlatlar toifasiga kirgan.