USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bolgariya qirğoqlari yaqinida Gretsiya kemasiga dengiz dronlari hujum qildi

21 марта
Болгария қирғоқлари яқинида Греция кемасига денгиз дронлари ҳужум қилди

Qora dengizda Bolgariya qirğoqlari yaqinida Liberiya bayroği ostida harakatlanayotgan Gretsiya konteyner taşuvçi kemasiga uçta dengiz droni hujum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa keça, 28 oktyabr kuni Bolgariyaning iqtisodiy zonasida, Şabla şahrining janubi-şarqida, qirğoqdan taxminan 39 kilometr uzoqlikda sodir bölgan. Contşip Jet nomli kema Ruminiyaning Konstantsa porti tomon yöl olgan.

Malumotlarga köra, dengiz dronlari haqidagi xabar mamlakat hududi yaqinida Qora dengizning ğarbiy qismida parvoz qilayotgan Frantsiya dengiz patrul aviatsiyasi samolyotidan kelib tuşgan. Şundan söng, Bolgariya harbiy-dengiz kuçlari kemadagi barça 18 nafar ekipaj azosini qutqariş operatsiyasini ötkazgan.

Malum qilinişiça, konteyner taşuvçi kema Isroilning Hayfa portidan yölga çiqqan. Hozirça hujum uçun kim javobgar ekani malum emas.

Hodisadan söng Sofiyada Bolgariya, Ruminiya va Turkiya Mudofaa vazirlari hamda Qurolli kuçlar boş ştablari rahbarlari iştirokida favqulodda uçraşuv bölib ötgan. Unda Qora dengizda fuqarolik kemalari harakati xavfsizligi muhokama qilingan.

Malumot uçun, sönggi haftalarda Bolgariya qirğoqlari yaqinida kamida oltita savdo kemasi hujumga uçragan. Ukraina bu hujumlar uçun Rossiyani ayblamoqda. Bolgariya Boş vaziri Rumen Radev ham hujumlar Rossiya manfaatlariga mos kelişi mumkinligini aytgan. Moskva esa bu hodisalarga aloqadorligini rad etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qora dengizda, Bolgariya qirğoqlari yaqinida ikkita savdo kemasiga hujum qilingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: