USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

ÇatGPT tavsiyasi bilan dori içişni töxtatgan ayol vafot etdi

15 марта
ChatGPT тавсияси билан дори ичишни тўхтатган аёл вафот этди

ÇatGPT tavsiyalariga amal qilib, tutqanoqqa qarşi dorini qabul qilişni töxtatgan 31 yoşli ayol vafot etdi. Uning ota-onasi OpenAI kompaniyasini sudga berdi. Ularning davosiga köra, çat-bot qiziga dorining dozasini kamaytiriş rejasini tuzib bergan va bu haqda şifokorlarga aytmaslikni tavsiya qilgan. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Bouen Van ismli ayol epilepsiyaning oğir turiga çalingan bölib, Amazon kompaniyasida dasturçi bölib işlagan. Ota-onasining davo arizasida keltirilişiça, u 2026 yil yanvar oyida ÇatGPT’dan tutqanoqqa qarşi lamotridjin preparatining kunlik 400 milligrammlik dozasini kamaytiriş mumkinligi haqida söragan. Vanning aytişiça, dori uning nutqi va fikrlaş tezligiga tasir qilgan. Şu bilan birga, Amazon’dagi işidan ayrilgan ayol AQŞda qoliş imkonini saqlab qoliş uçun fevral oyi örtalarigaça yangi iş topişi kerak bölgan.

Davo arizasida takidlanişiça, ÇatGPT unga bir neça hafta davomida dori dozasini bosqiçma-bosqiç kamaytirib, oxirida butunlay töxtatiş imkonini beradigan jadvallar tuzib bergan. Şuningdek, çat-bot dori qabul qilişni töxtatiş rejasini şifokordan yaşirişni ham maqullagan.

“The New York Times” naşri Vanning çat-bot bilan yozişmalarini örgangan. Naşr malumotlariga köra, ayol dorini töxtatiş bilan boğliq xavotirlari haqida ÇatGPT bilan kamida 158 marta gaplaşgan. U fikrlaşdagi uzilişlar va öqişdagi qiyinçiliklardan şikoyat qilganida, çat-bot bu holatlarni miyaning yangi şaroitga moslaşiş jarayoni bilan izohlagan. Van hayotining sönggi kunlarida dorini yana qabul qilişi kerakmi, deb söraganida, çat-bot unga quyidagiça javob bergan:

“Ertaga dozani 0 milligrammda saqlang. Bugun özingizni yomon his qilgan bölsangiz ham, nutq sust bölsa ham, uyqu yomon bölsa ham, bardoş berişingiz kerak”.

Van 2026 yil fevral oyida vafot etgan. Rasmiy xulosada uning ölimi epilepsiya bilan boğliq tösatdan kutilmagan ölim sifatida qayd etilgan. Ota-onasining davo arizasida ÇatGPT litsenziyasiz tibbiy maslahat bergani, şuningdek, şifokorlarni yordam söraş mumkin bölgan mutaxassislar emas, balki rejaga tösqinlik qiluvçi şaxslar sifatida körsatgani aytilgan.

OpenAI vakili Dryu Pusateri uşbu holatni “aql bovar qilmas darajada yurakni ezadigan” voqea deb atagan. U Van foydalangan GPT-4o modeli ÇatGPT’ning avvalgi versiyasi ekanini takidlagan. Mazkur model 2026 yil 13 fevralda ilovadan olib taşlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: