USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

ÇatGPT amerikalik yigitga öz joniga qasd qilişda yordam berdi

1 386 марта

ÇatGPT amerikalik yigitga öz joniga qasd qilişda yordam berdi

Ösmirning ota-onasi çat-botni «öz joniga qasd qiliş böyiça instruktorga aylanganini» takidlab, OpenAI kompaniyasi va uning boş direktori Sem Altmanni sudga berdi.

ÇatGPT bilan muloqotdan söng öz joniga qasd qilgan amerikalik 16 yoşli ösmirning ota-onasi çat-botni işlab çiqqan OpenAI kompaniyasi va uning boş direktori Sem Altmanni sudga berdi. Bu haqda Reuters va NBC News yozdi.

Ösmir ota-onasining fikriça, kompaniya ötgan yili GPT-4o neyrotarmoğining yangi modelini işga tuşirganida ongli ravişda tijoriy foydani xavfsizlikdan ustun qöygan.


San-Fransisko (Kaliforniya ştati) sudiga berilgan davoga köra, 16 yoşli Adam Reyn bir neça oy davomida ÇatGPT bilan öz joniga qasd qiliş masalasini muhokama qilganidan keyin 11 aprel kuni bunga qöl urgan.

Adamning ota-onasi Metyu va Mariya Reyn sözlariga köra, öğli öz joniga qasd qilgandan söng ular uning telefonidan hodisa sabablarini topişga harakat qilgan.



«Biz Snapçat ilovasidagi muhokamalarni yoki internetdagi qidiruv tarixini tekşirdik. Yoki qandaydir ğalati sektani qidiryapmiz, deb öyladik», dedi ösmirning otasi. Oilaning takidlaşiça, ular ÇatGPT’ni oçmagunça öz savollariga javob topolmagan.

Malum bölişiça, Adam Reyn hayotining sönggi haftalarida ÇatGPT’dan insoniy muloqot örnini bosuvçi vosita sifatida foydalangan, u bilan muammolarni muhokama qilgan va uy vazifasini bajarişda yordam söragan.

Oxir-oqibat çat-bot «öz joniga qasd qiliş böyiça instruktorga aylandi», dedi ösmirning ota-onasi. «Agar ÇatGPT bölmaganida, u tirik qolardi. Men bunga 100 foiz aminman», dedi Metyu Reyn.


Davo arizasida aytilişiça, ÇatGPT Adamga «öz joniga qasd qiliş usullarini örganişda faol yordam bergan». Ösmir «yaqinda öz joniga qasd qilişini» aytganida, çat-bot «suhbatni yakunlamagan va favqulodda yordam protokolini işga tuşirmagan», deyiladi davo arizasida. Bundan taşqari, davogarlarning takidlaşiça, ÇatGPT ölim oldidan «vidolaşuv xatini yozişda yordam taklif qilgan». Ösmir öz joniga qasd qilişidan bir neça soat oldin ÇatGPT’ga öz joniga qasd qiliş rejasini yuklagan va bunday usul iş beradimi, deb söragan. Bunga javoban çat-bot uni «takomillaştirişga» yordam berişni taklif qilgan, deyiladi davo arizasida.

Ösmirning ota-onasi OpenAI kompaniyasini ölimga sabab bölişda, çat-botdagi nuqsonlarda, şuningdek, ÇatGPT bilan boğliq xavflar haqida ogohlantirmaganlikda ayblamoqda. Davogarlar OpenAI kompaniyasidan ÇatGPT foydalanuvçilarining yoşini tekşirişni, öz-öziga zarar yetkaziş usullari haqidagi sörovlarni rad etişni va foydalanuvçilarni psixologik qaramlik xavfi haqida ogohlantirişni talab qilmoqda.


OpenAI kompaniyasi yigitning ölimidan qayğuda ekanini bildirdi va ÇatGPT inqirozli vaziyatlarda odamlarni yordam liniyasiga yuboriş kabi ehtiyot çoralarini körişini malum qildi. Takidlanişiça, bunday çoralar çat-bot bilan qisqa muddatli suhbatlarda yaxşi samara beradi, «uzoq muddatli suhbatlarda» esa «işonçsizroq» bölişi mumkin.


«Biz ÇatGPT inqirozli vaziyatlarda köproq yordam körsatişi, favqulodda xizmatlarga kirişni osonlaştirişi, odamlarga işonçli aloqa örnatişga yordam berişi va ösmirlar himoyasini kuçaytirişi ustida işlayapmiz», deb takidladi kompaniya.

Kompaniya ota-onalarga farzandlari ÇatGPT’dan qanday foydalanayotgani haqida köproq malumot oliş imkonini beruvçi «ota-ona nazorati» funktsiyalarini joriy qilmoqçi ekanini bildirdi. Ammo Adam Reynning öz joniga qasd qiliş holati bayonotda tilga olinmadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: