Putin Ilon Maskni “haqiqiy daho” deb atadi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suniy yöldoş texnologiyalari böyiça yaqin aloqada. Bu haqda Putin keça, 28 oktyabr kuni Moskvada bölib ötayotgan Rossiya – Afrika sammitida malum qildi.
Putin sammitda Rossiyaning suniy yöldoşlar orqali internet taqdim etuvçi Rassvet loyihasi haqida gapirgan va Maskni “haqiqiy daho” deb atagan.
“U daho, haqiqiy daho. Biz amerikalik hamkorlarimiz, jumladan, janob Mask bilan yaqin aloqadamiz”, degan Putin.
Starlink Maskning SpaceX kompaniyasi tarkibiga kiradi. Putinning aytişiça, Rassvet va Starlink suniy yöldoşlari orbitada bir-biriga xalaqit bermasligi uçun Mask bilan aloqada böliş muhim.
“Biz va amerikalik hamkorlarimiz buni özaro muhim deb hisoblaymiz. Barça siyosiy masalalarga qaramay, bu yönalişda faol iş olib bormoqdamiz”, degan Rossiya Prezidenti.
Kompaniya malumotlariga köra, Starlink orbitaga qariyb 13 mingta suniy yöldoş çiqargan. Onlayn kuzatuv tizimlari malumotlariga köra, hozirda Rassvet tizimining orbitada atigi bir neça önta suniy yöldoşi mavjud.
Rossiyaning Janubiy Afrikadagi elçixonasi Rassvetni “Rossiyaning Starlink’ga muqobili” deb atagan. Şuningdek, loyiha mamlakatning mazkur sohadagi dastlabki qadamlaridan biri ekani takidlangan.
Qayd etiş joiz, Putinning Rassvet va Starlink haqidagi bayonotlari AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlar yaqinlaşayotgandek körinayotgan bir paytda yangradi. Bu holat Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlaganiga beş yil tölişi arafasida sodir bölmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq SpaceX asosçisi Ilon Mask Ukraina uçun Starlink işlaşini nega çeklaganiga izoh berib, Ukraina Qurolli kuçlarini suniy yöldoş aloqasidan hujumkor zarbalar berişda foydalanganlikda ayblagan edi.
Jasmina Murtazoyeva