Starlink’ning orbitadagi suniy yöldoşlari soni 10 mingdan oşdi
20-03-2026, 09:55
64 марта

Starlink’ning orbitadagi suniy yöldoşlari soni 10 mingdan oşdi
Ilon Maskning orbitadagi Starlink suniy yöldoşlari soni 10 mingdan oşdi. Bu haqda “Spaceflight Now” naşri xabar berdi.Aniqroq aytganda, SpaceX kompaniyasi joriy yil 17 martga ötar keçasi 25 ta suniy yöldoşdan iborat navbatdagi turkumni uçirdi. Bu joriy yil boşidan buyon amalga oşirilgan 17-orbital parvoz böldi.
2026 yilda SpaceX parvozlarining örtaça çastotasi har ikki-uç kunda bir martani taşkil qilmoqda. Yil boşidan buyon amalga oşirilgan 33 ta Falcon 9 parvozining aksariyati aynan Starlink qurilmalarini orbitaga olib çiqişga bağişlangan.
Hozirda Starlink xizmatidan dunyoning 160 ta mamlakatida 10 milliondan ortiq faol mijoz foydalanmoqda. Uşbu suniy yöldoş tizimi SpaceX tomonidan butun dunyoni global internet bilan taminlaş uçun işlab çiqilmoqda.
Loyiha 2015 yilda elon qilingan bölib, ilk tijoriy parvozlar 2019 yilda boşlangan. Suniy yöldoşlar yerga yaqin (taxminan 550 km balandlikdagi) orbitada joylaşgan bölib, bu signal uzatişdagi keçikişlarning kamligini taminlaydi.
Foydalanuvçilar tarmoqqa maxsus terminallar orqali ulanadi, terminallar esa avtomatik ravişda bir yöldoşdan ikkinçisiga ötib turadi. Qurilmalar özaro malumot almaşiş uçun lazerli aloqa tizimi va orbitani töğrilaş uçun ionli dvigatellar bilan jihozlangan. Bitta apparatning xizmat qiliş muddati taxminan beş yilni taşkil etadi, şundan söng u orbitadan çiqarilib, atmosferada yonib ketadi.