Rossiya sulhdan foydalanib, Xersonga hujumga tayyorlanmoqda – “Bild“
Rossiya qöşinlari okkupatsiya ostidagi Oleşki şahrida elon qilingan vaqtinçalik sulhdan foydalanib, Xerson yönalişida hujumga tayyorgarlik körayotgan bölişi mumkin. Harbiy texnika va askarlar hududga köçirilayotgani aytilmoqda. Bu haqda ukrainalik harbiylarga tayanib “Bild“ xabar berdi.
Ukrainalik harbiylarning aytişiça, Rossiya bölinmalarining faol harakatlanişi videoga olingan. Xususan, “KamAZ“ yuk maşinalari jangovar bölinmalarni uzluksiz taşimoqda. Kaxovka şahridagi sanoat hududida esa dronlarga qarşi himoya törlari örnatilmoqda.
Şuningdek, Rossiya qöşinlari Radensk qişloği yaqinidagi örmonga köplab “Grad“ zalp bilan öt oçiş tizimlarini joylaştirgan. Harbiylar u yerda pana joylarni mustahkamlab, daraxtlarni kesmoqda.
Golaya Pristan aholisi ham Rossiya harbiy yuk maşinalari köplab harakatlanayotganini bildirgan. Bundan taşqari, Rossiyaning dron bölinmalari Dnepr daryosiga yaqinroq hududlarga köçirilayotgani aytilmoqda. Ukrainalik harbiylardan biri Rossiya qöşinlari sulh tugaganidan keyin daryodan ötişga urinişi mumkinligini istisno qilmagan.
Ukraina harbiylari ehtimoliy hujum joriy yilning 1 noyabr kuni sulh muddati tugaganidan keyin boşlanişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq bu rejalar hozirça mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Oleşki hududida vaqtinçalik sulhga Vatikan va AQŞ Birinçi xonimi Melaniya Tramp vositaçiligida erişilgan. Kelişuv okkupatsiya ostidagi şaharda qolayotgan tinç aholini evakuatsiya qiliş uçun imkoniyat yaratişi kerak. OAV malumotlariga köra, şaharda 2 mingga yaqin kişi qolmoqda.
Evakuatsiya ertaga, 31 oktyabr kuni boşlanişi rejalaştirilgan. Biroq internet yöqligi sababli ayrim aholi vakillari şahardan çiqiş uçun oldindan röyxatdan ötiş kerakligini bilmayapti. Bundan taşqari, evakuatsiya qilinayotgan fuqarolarga uy hayvonlarini olib ketiş taqiqlangan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 27 oktyabr kuni Rossiya va Ukraina kelişuvga asosan Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida öt oçişni töxtatgani haqida xabar berilgan edi.