Hormuzning yopilişi qançaga tuşgani malum böldi
Yaqin Şarqdagi mojaro sabab benzin va dizel yoqilğisi narxining oşişi tahlil qilingan 169 ta mamlakat istemolçilariga qöşimça 468 milliard dollarga tuşdi. Bu har bir aholi jon boşiga örtaça 60 dollardan töğri keladi. Bu haqda Xalqaro energetika va toza havo tadqiqotlari markazi (CREA) tahlillariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Qayd etilişiça, yoqilği narxining oşişi oqibatida eng katta qöşimça xarajat AQŞ istemolçilari zimmasiga tuşgan. Mamlakat 160 milliard dollar yoki har bir kişi uçun 471 dollar qöşimça mablağ sarflagan.
Sönggi yillarda elektromobillardan foydalanişga faol ötgan mamlakatlar esa nisbatan qulayroq vaziyatda qolgan. Ularda inqiroz tufayli yuzaga kelgan ortiqça xarajatlar ança kam bölgan. Tahlilçilarning bildirişiça, uşbu ortiqça xarajatlar sayyoradagi har bir aholi jon boşiga taxminan 60 dollardan töğri keladi.
Mutaxassislar 169 ta mamlakatdagi yoqilği quyiş şoxobçalarida benzin va dizel narxlarini mojaro boşlanişidan oldingi davr – joriy yilning yanvar-fevral oylari hamda 1 martdan 14 oktyabrgaça bölgan davr bilan taqqoslagan.
CREA malumotlariga köra, uruşgaça jahon neft istemolining beşdan bir qismiga teng miqdordagi neft va neft mahsulotlari taşilgan Hormuz böğozida kemalar qatnovining buzilişi, şuningdek, Yaqin Şarqdagi neftni qayta işlaş zavodlariga berilgan zarbalar yoqilği narxining keskin oşişiga olib kelgan. Oqibatda dunyo böyiça dizel yonilğisining örtaça narxi qariyb uçdan birga oşib, bir litri 1,55 dollarga yetgan. Benzin narxi esa 20 foizdan köproqqa kötarilib, bir litri 1,3 dollarni taşkil etgan.
Tahlilçilarning hisob-kitoblariga köra, yoqilği narxining oşişi sababli eng katta qöşimça xarajat AQŞ istemolçilariga töğri kelgan. Mamlakat böyiça ortiqça xarajatlar 160 milliard dollarni, aholi jon boşiga hisoblaganda esa 471 dollarni taşkil etgan.
Aholi jon boşiga eng katta qöşimça xarajatlar qayd etilgan beşta mamlakat qatoriga quyidagilar kiradi:
- AQŞ – 471 dollar;
- Kanada – 422 dollar;
- Avstraliya – 386 dollar;
- Yangi Zelandiya – 342 dollar;
- Belgiya – 330 dollar.
CREA ekspertlari AQŞda körsatkiçning yuqoriligi nafaqat motor yoqilğisi narxining boşqa mamlakatlarga qaraganda köproq oşgani, balki yoqilği istemoli hajmining kattaligi bilan ham boğliqligini takidlagan. Bunda içki yonuv dvigatelli avtomobillardan keng foydalaniş ham muhim omil hisoblanadi.
AQŞda elektromobillarga ötiş jarayoni sekin keçmoqda. 2026 yil yanvar-avgust oylarida yangi avtomobillar savdosida elektromobillarning uluşi atigi 7,3 foizni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç Xitoyda 57 foiz, Yevropa Ittifoqida esa 32 foizga teng bölgan.
AQŞda neft qazib oliş hajmining rekord darajada yuqori bölişi ham mamlakatni yoqilği inqirozidan himoya qila olmagan. Buning sababi şundaki, Amerika neftni qayta işlaş zavodlari xomaşyoni jahon bozoridagi narxlarda sotib oladi. Bu narxlar esa xalqaro bozordagi kotirovkalarga boğliq.
Avvalgi davrga nisbatan yoqilği istemolini kamaytirgan mamlakatlar inqiroz oqibatlarini yumşatişga muvaffaq bölgan. Taqqoslaşda 2026 va 2023 yillardagi körsatkiçlar hisobga olingan.
Masalan, yoqilği istemolining qisqarişi Xitoyga qariyb 10,8 milliard dollar tejaş imkonini bergan. Bu mamlakatda narxlar oşişi tufayli yuzaga kelgan qöşimça xarajatlarning deyarli beşdan bir qismiga teng. Germaniya esa şu yöl bilan 3,7 milliard dollarni tejagan.
Aholi jon boşiga hisoblaganda, qöşimça xarajatlarni kamaytiriş böyiça eng katta natijaga Daniya erişgan – har bir kişi uçun 72,5 dollar. Finlyandiyada bu körsatkiç 33,4 dollar, Avstriyada 31,2 dollar, Norvegiyada 30,8 dollar va Frantsiyada 27,9 dollarni taşkil etgan.
Bunday natijalarga erişişda elektromobillar uluşining yuqoriligi ham muhim rol öynagan. Masalan, 2026 yil yanvar-avgust oylarida Norvegiyada yangi avtomobillar savdosining qariyb 98 foizi, Finlyandiyada esa 49 foizi töliq elektr energiyasida harakatlanuvçi avtomobillarga töğri kelgan.
CREA mutaxassislarining izohlaşiça, elektromobillarning ommalaşuvidan taşqari, yuk taşişda temir yöl transporti uluşining oşişi hamda quriliş va sanoat tarmoqlarida yuk taşişga bölgan talabning biroz pasayişi motor yoqilğisiga qaramlikni kamaytirişga yordam bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Hormuz böğozini AQŞ bilan kelişilgan yetti şart bajarilmagunça oçmasligini malum qilgan edi.
Jasmina Murtazoyeva