USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroilda saylovlardan keyin siyosiy vaziyat çigallaşdi

41 марта
Исроилда сайловлардан кейин сиёсий вазият чигаллашди

Isroil Markaziy saylov komissiyasi Knessetga saylovlardagi ovozlarni hisoblaşni yakunladi. Natijalarga köra, Boş vazir Binyamin Netanyaxu bloki 53 ta, Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat bloki 48 ta, arab partiyalari esa 19 ta mandatni qölga kiritdi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi. 

Mandatlar taqsimotiga köra, Netanyaxuning “Likud” partiyasi 27 ta öringa ega böldi. U bilan bir blokka kirgan “Otsma Yehudit” va “Yahadut ha-Tora” partiyalari 7 tadan, “Diniy sionizm” va “Zeut” partiyalari 6 tadan, ŞAS esa 6 ta mandat oldi.

Muxolifat bloki tarkibidagi “Yaşar!” partiyasi 21 ta mandatni qölga kiritdi. Şuningdek, “Beyahad” 12 ta, “Demokratlar” 8 ta va “Israyel Beytenu” 7 ta öringa ega böldi. Arab partiyalari orasida “Birlaşgan röyxat” bloki 11 ta, RAAM partiyasi esa 8 ta mandat oldi.

Saylovlarda iştirok etiş darajasi 77,9 foizni taşkil etdi. Ovoz berganlar soni 5 mln 716 ming 665 nafar bölib, bu sönggi ön yilliklardagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Isroilda hukumatni şakllantiriş uçun kamida 61 ta mandatga ega bölgan köpçilik talab etiladi. Biroq saylovlarda heç qaysi siyosiy kuç bunday natijaga erişa olmadi.

BBC’ning qayd etişiça, endi mamlakatda koalitsiya tuziş jarayoni boşlanadi. Isroil Prezidenti partiyalar yetakçilari bilan muzokara ötkazadi va köpçilik deputatlarning qöllovini olişi mumkin bölgan nomzodga yangi hukumatni şakllantirişni topşiradi.

Koalitsiya tuziş uçun 28 kun vaqt beriladi. Zarur hollarda bu muddat yana 14 kunga uzaytirilişi mumkin. Agar nomzod belgilangan muddatda hukumatni şakllantira olmasa, Prezident bu vazifani boşqa nomzodga topşirişi mumkin. Ikkinçi uriniş ham natija bermagan taqdirda, Knesset deputatlari Prezidentdan uçinçi nomzodni körsatişni söraş huquqiga ega.

Agar şundan keyin ham kelişuvga erişilmasa, mamlakatda yangi parlament saylovlari tayinlanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: