USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saudiya Makka osmonida husiylar dronini yöq qildi

20 марта
Саудия Макка осмонида ҳусийлар дронини йўқ қилди

Bugun, 30 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Makka şahri yaqinida Yamandagi husiylar tomonidan uçirilgan dronni tutib, yöq qilganini malum qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Saudiya boşçiligidagi koalitsiya vakili general-mayor Turkiy al-Molikiyning aytişiça, dron Makka şahri atrofida uşlab qolingan. Makka Islom dinining eng muqaddas şahri bölib, u yerga har yili millionlab ziyoratçilar boradi.

Biroq husiylar harbiy vakili Yahyo Sari Makkaga hujum uyuştirilganini rad etgan. Uning aytişiça, guruhning harbiy amaliyotlari Saudiya Arabistonining neft obektlari va harbiy bazalariga qaratilgan.

Qayd etilişiça, Saudiya Arabistoni avval ham Makka va Madina tomon yönaltirilgan raketa hamda dronlarni tutib qolganini bildirgan. Husiylar esa har ikki şaharni nişonga olganini bir neça bor inkor etgan.

Malumot uçun, bugun, 30 oktyabr kuni Hormuz böğozida ham tankerga hujum sodir bölgan. Buyuk Britaniya dengiz savdo operatsiyalari boşqarmasi malumotiga köra, kiçik qayiqdagi şaxslar tanker korpusiga ikkita portlovçi moslama örnatgan. Portlaş oqibatida kema dvigatellar bölimida yonğin çiqqan. Ekipaj azolari jabrlanmagan, atrof-muhitga zarar yetmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan husiylar harakati Saudiya Arabistonidagi neft inşootlari, aeroportlar va harbiy obektga qarşi oltita hujum amalga oşirgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: