AQŞ Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotişni maqulladi
AQŞ Ukrainaga 500 dona Patriot PAC-3 raketasini 2,1 milliard dollarga sotişni maqulladi. Biroq, raketalar hali işlab çiqarilmagani sababli ularni yetkazib beriş 2030 yillarga qolişi mumkin. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Malum qilinişiça, AQŞ Davlat departamenti keça, 30 oktyabr kuni kelişuvni tasdiqlagan.
Ukraina Rossiyaning raketa hujumlarini qaytariş uçun köproq tutib qoluvçi raketalarga zudlik bilan ehtiyoj sezmoqda. Patriot tizimi, xususan, yuqori tezlikda harakatlanuvçi ballistik raketalarni urib tuşirişda samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 27 oktyabr kuni Kiyev AQŞning muhim raketalarni yetkazib berişga ruxsat berişini qariyb bir oydan beri kutayotganini bildirgan. Bu vaqtda Rossiya Ukraina energetika va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarini kuçaytirgan.
“Reuters“ bilan suhbatlaşgan manbalarga köra, Ukraina raketalarni tezroq oliş uçun Pentagon bilan muzokara olib bormoqda. Bunda AQŞ zaxirasidagi mavjud raketalarni Ukrainaga beriş, keyinçalik ularning örnini yangi işlab çiqarilgan raketalar bilan töldiriş varianti körib çiqilişi mumkin.
Raketalar Kanada, Germaniya va Norvegiya ajratadigan mablağlar, şuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Ukraina uçun kredit mablağlari hisobidan sotib olinadi. Yetkazib beriş böyiça asosiy pudratçi AQŞning Lockheed Martin kompaniyasi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq vaziyatdan xabardor manba Ukrainada AQŞda işlab çiqarilgan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar tugaganini malum qilgan edi.
Ukrainada bunday raketalar birinçi marta tugab qolayotgani yöq. Avgust oyida Zelenskiy CNN’ga mamlakat zudlik bilan zarur bölgan Patriot raketalarining atigi öndan bir qismiga ega ekanini aytgandi. Öşa paytda Ukraina rasmiylari ham raketalar zaxirasi deyarli tugaganini malum qilgan.