Mask közi ojiz insonlarga köriş imkonini beruvçi qurilma yaratdi
Neuralink kompaniyasi butunlay körmaydigan yoki tuğma ravişda köriş qobiliyatiga ega bölmagan insonlarga köriş imkonini berişga möljallangan Blindsight qurilmasini işlab çiqdi. Qurilma texnik jihatdan tayyor, endi uni insonlarda sinaş uçun tegişli idoralardan ruxsat oliş kerak. Bu haqda kompaniya asosçisi Ilon Mask keça, 30 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
“Bizning ikkinçi mahsulotimiz Blindsight deb ataladi. Nomidan körinib turibdiki, u hatto butunlay körmaydigan yoki umri davomida heç qaçon körmagan insonlarga ham köriş imkonini beradi. Texnik jihatdan qurilma tayyor. Endi faqat tegişli idoralarning ruxsatini oliş qoldi”, deb yozgan Mask.
Blindsight qurilmasi Neuralink’ning avvalgi implantidan farqli işlaydi. U miya faoliyatini qayd etib, malumotni taşqi qurilmaga uzatiş bilan çeklanmaydi, aksinça, miyaga malumot yuboradi. Buning uçun maxsus kamera orqali olingan tasvirlar köriş uçun masul bölgan miya qismi – köriş pöstloğiga uzatiladi. Şu tariqa qurilma şikastlangan közlar yoki köruv nervlarini çetlab ötib, miyaga vizual malumot yetkazişga urinadi.
AQŞning Ozuqa mahsulotlari va dori vositalari sifati nazorati boşqarmasi (FDA) 2024 yil sentyabr oyida Blindsight qurilmasiga “Breakthrough Device” — istiqbolli tibbiy qurilma maqomini bergan. Bu maqom qurilmani tekşiriş va ruxsat beriş jarayonini tezlaştirişga xizmat qiladi. Biroq u qurilmaning xavfsizligi va samaradorligi tasdiqlanganini yoki uni sotişga ruxsat berilganini anglatmaydi.
Hozirça Blindsight biror insonga örnatilmagan va uning odamlardagi sinovlari natijalari elon qilinmagan. Kompaniya hayvonlarda uzoq muddatli sinovlar ötkazgan. 2025 yil örtalarida maymunlardan biri uşbu implant bilan uç yildan beri yaşayotgani malum qilingan.
Mask, şuningdek, 2024 yilda taqdim etilgan Telepathy qurilmasini ham eslatgan. Uşbu texnologiya falajlik sababli harakatlana olmaydigan insonlarga miya signallari orqali kompyuterni boşqariş imkonini beradi. Mask kelajakda bunday interfeyslar orqali malumot uzatiş tezligi insonning gapiriş yoki klaviaturada yoziş tezligidan ança yuqori bölişi mumkinligini takidlagan.
Uning aytişiça, kompaniya kelajakda miyadan harakat va sezgi signallarini qöl-oyoqlarga uzatiş texnologiyasini ham yaratişni rejalaştirmoqda. Bu orqali harakatlaniş qobiliyatini yöqotgan bemorlar qöllaridan foydalanişi yoki qayta yurişi mumkin böladi.
Mask naşr ostidagi izohlarda epilepsiya bilan oğrigan qizning otasiga ham javob bergan. Erkak Neuralink qurilmalari qizining kasalligiga yordam bera oladimi, deb söragan. Maskning aytişiça, kompaniyaning hozirda foydalanilayotgan qurilmalari ayrim turdagi kasalliklarni yengişga yordam bera oladi. Biroq u bu qurilmalar hozirça biroz qöpol ekanini ham bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy tadqiqotçilari inson tanasining issiqligidan elektr energiyasi işlab çiqaradigan yangi material – “termoelektr kauçuk”ni ixtiro qilgandi.