USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Google Finlyandiyadagi örmonlarni kesgani uçun jinoiy tergovga tortildi

21 марта
Google Финляндиядаги ўрмонларни кесгани учун жиноий терговга тортилди

Finlyandiya politsiyasi Google kompaniyasining malumotlar markazi qurilişi uçun örmonlarni kesişi va yerlarni quritişi bilan boğliq ehtimoliy qonunbuzilişlar yuzasidan jinoiy tergov boşladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Google’ning “Tuike Finland” şuba korxonasi mamlakat şimolidagi Muhos şahrida malumotlar markazi qurilişi rejalaştirilgan hududda 330 gektar maydondagi örmonni kesib, yerlarni quritgan. Biroq Finlyandiya qonunçiligi talab qiladigan atrof-muhitga tasirni baholaş işlari yakunlanmagan bölgan.

Malum qilinişiça, quriliş maydonida suvni çiqariş va boşqariş bilan boğliq ayrim noaniqliklar hamda kamçiliklar aniqlangan. Jinoiy tergov doirasida aynan şu holatlar ham örganiladi.

Naşrning yozişiça, joriy oy boşida Finlyandiyaning nazorat organlari Google’ga Muhos va undan 100 kilometr janubi-şarqda joylaşgan Otanmyaki şaharlaridagi quriliş işlarini töxtatişni buyurgan. Kompaniya yer maydonlarida daraxtlarni kesişdan oldin atrof-muhitga tasirni baholaş talablarini bajarmagan. Faollar Muhosda 250 ming, Otanmyakida esa 150 ming tup daraxt kesilganini bildirgan.

Google kompaniyasining Finlyandiyadagi rahbari Antti Yarvinen örmonlarni kesiş holati uçun uzr söragan. Biroq u kompaniya öşa vaqtda qonunçilikni qanday tuşungan bölsa, şunga muvofiq harakat qilganini takidlagan.

Finlyandiyada malumotlar markazlarini quriş uçun jami 145 ta loyiha turli bosqiçlarda körib çiqilmoqda. Ular orasida Google’ning suniy intellekt infratuzilmasiga 13 milliard yevro sarmoya kiritiş rejasi ham bor. Kompaniya bu loyihani Yevropadagi eng yirik sarmoyasi deb atagan.

Hodisa mamlakatda malumotlar markazlarining mahalliy aholi, atrof-muhit va energiya narxlariga tasiri yuzasidan bahslarni kuçaytirgan. 93 mingdan ortiq kişi malumotlar markazlari faoliyatini tartibga soliş va tabiatga yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya talab qiluvçi petitsiyani imzolagan.

Xelsinki universiteti professori Jussi Kangaşarjuning fikriça, bunday markazlar mahalliy aholi uçun kam sonli iş örinlarini yaratadi, ulardan keladigan iqtisodiy foyda esa asosan xalqaro kompaniyalarning öziga tegadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning sakkizta ştati suniy intellekt sohasida faoliyat yurituvçi OpenAI kompaniyasi ustidan sudga davo kiritgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: