Suriyada sel oqibatida 7 kişi halok böldi
Suriyaning yetti viloyatida kuçli yomğir yoğişi oqibatida sel yuzaga keldi. Tabiiy ofat oqibatida 7 kişi, jumladan, beş nafar bola halok böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Halab, Raqqa, Dayr az-Zor, Hasaka, Hama, Hims va Latakiya viloyatlarida kuçli yoğingarçilik kuzatilgan. Sel oqibatida bir qança hududlarda infratuzilmaga zarar yetgan, ayrim köpriklar qulagan.
Xususan, Raqqa viloyatining Tabqa şahri ğarbida joylaşgan as-Salmoniy köprigi sel suvlari sabab qulagan. Oqibatda Raqqa va Halab örtasidagi avtomobil yöli yopilgan. Şuningdek, selda qolib ketgan avtomobillardagi 50 kişi qutqarilgan, 350 nafardan ortiq öquvçi tahsil olayotgan ikki maktab evakuatsiya qilingan.
Raqqa qişloq hududidagi tuproq töğonining buzilişi oqibatida 100 dan ortiq oilaning yaşaş joylarini suv bosgan. Bundan taşqari, uçta lagerda istiqomat qilgan qariyb 375 oila xavfsiz hududlarga köçirilgan.
Hozirda 200 dan ortiq uy, şifoxona, maktab va nonvoyxonalarda suvni çiqariş işlari olib borilmoqda. Selda qolib ketgan 40 dan ortiq avtomobil ham xavfsiz joylarga olib çiqilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul şahrida kuçli yomğir va böron oqibatida keng kölamli suv toşqinlari yuz bergan edi. Tabiiy hodisa oqibatida 3 kişi halok bölib, köçalar, yerosti yöllari va tunnellarni suv bosgan, yuzlab uylar va iş joylariga zarar yetgan.