Yaponiyada rekord darajada yomğir yoğib, kamida 8 kişi halok böldi
Yaponiyaning şarqiy hududlarida kuzatilgan misli körilmagan kuçli yomğir oqibatida kamida 8 kişi halok böldi. Tabiiy ofat Çiba prefekturasida elektr taminotining uzilişiga, transport qatnovining izdan çiqişiga va minglab odamlarning aeroportda qolib ketişiga sabab böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, Çiba prefekturasida keça, 13 avgust kuni tuşdan keyin bir soatda 100 millimetrdan ortiq yomğir yoğgan. Bu avgust oyidagi örtaça körsatkiçdan qariyb uç baravar köp bölib, mamlakatda qayd etilgan eng yuqori yoğingarçilik hajmi sifatida baholangan. 20 mingdan ortiq xonadon elektr taminotisiz qolgan.
Mahalliy hukumatlar eng yuqori beşinçi darajadagi favqulodda ogohlantirişni elon qilgan. 100 mingdan ortiq xonadon aholisiga evakuatsiya qiliş tavsiya etilgan. Kuçli yomğir köçkilarga sabab bölgan, ayrim temir yöl qatnovlari va avtomobil yöllari vaqtinça yopilgan.
Halok bölganlar orasida suv bosgan yölda avtomobili içida qolib ketgan ayol ham bor. Yana ikki kişi köçada yiqilib, keyinçalik vafot etgan.
Yomğir oqibatida Tokiodagi Narita aeroportida ham minglab yölovçilar qolib ketgan. Qariyb 1 800 kişi Çiba prefekturasi hukumat binosida tungan. Aeroport mamuriyati juma kuni barça reyslar jadval böyiça amalga oşirilişini bildirgan, biroq ayrim reyslarda keçikişlar kutilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiyaning janubiy Okinava prefekturasiga “Delfin” tayfuni yetib kelişi oqibatida 6 kişi jarohatlangani, 50 mingdan ortiq xonadon va bino elektr taminotidan uzilgani haqida xabar berilgan edi.