Yaponiyada “Delfin” sababli minglab binolar elektrsiz qoldi
Yaponiyaning janubiy Okinava prefekturasiga “Delfin” tayfuni yetib kelişi oqibatida 6 kişi jarohatlandi, 50 mingdan ortiq xonadon va bino elektr taminotidan uzildi. Xitoyda esa tayfun qitaga yetib kelişidan oldin portlar yopilib, paromlar qatnovi töxtatildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Okinavada kuçli şamol oqibatida 5 nafar keksa kişi jarohatlangan. Kagosima prefekturasida ham bir kişi jarohat olgan. Tayfun vaqtida şamolning maksimal tezligi soatiga 162 kilometrga yetgan, ayrim joylarda esa şamol tezligi soatiga 216 kilometrni taşkil qilgan.
Kagosimada qariyb 39 mingta, Okinavada esa 12 mingdan ortiq bino elektrsiz qolgan. Şuningdek, Okinavaga va undan amalga oşiriladigan qator aviareyslar bekor qilingan.
“Delfin” tayfunining Xitoy hududiga 9 avgust kuni keçqurun yoki 10 avgust kuni ertalab yetib kelişi kutilmoqda. Mamlakat rasmiylari tayfunni ikkinçi eng yuqori “töq sariq” darajada baholagan.
Malumotlarga köra, tayfun Çjetszyan provintsiyasidagi Çjouşan şahri va Futszyan provintsiyasidagi Fudin şahri oraliğida qirğoqqa çiqişi ehtimoli yuqori. Tayfun markazida şamol tezligi soatiga 85–101 milga, yani qariyb 137–163 kilometrga yetişi mumkin.
Tayfun xavfi sabab Çjetszyan provintsiyasida portlar faoliyati töxtatilgan. Şarqiy va janubiy Xitoyning ayrim hududlarida paromlar qatnovi ham bekor qilingan, baliqçilik kemalari portlarga qaytarilgan.
Şuningdek, Çjetszyandagi Ninbo Lişe xalqaro aeroporti ertaga, 9 avgust kuni barça reyslarni töxtatişini malum qilgan. Şanxaydagi Yanşan porti esa kemalardan tozalangan. Yantszi daryosi deltasida ayrim temiryöl qatnovlari ham töxtatilişi kutilmoqda.
Mutaxassislar Xitoyning şarqiy hududlarida 12 avgustga qadar kuçli yomğir va şamollar kuzatilişi mumkinligidan ogohlantirgan. Ayrim hududlarda qisqa vaqt içida 80 millimetrdan ortiq yoğingarçilik kuzatilişi mumkin.
Şuningdek, Tayvanda ham “Delfin” tayfuni sabab asosan xalqaro aviareyslar bekor qilingan. Orolning şimoliy qismida dam oliş kunlari kuçli yomğir yoğişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning şarqiy qismiga yopirilgan “Bavi” tayfuni ortidan hukumat keng kölamli evakuatsiya va tabiiy ofatlarga qarşi çoralarni kuçaytirilgani haqida xabar berilgan edi.