Tayvan, Xitoy va Yaponiyaga tayfun yopirildi. Yuz minglab aholi evakuatsiya qilindi
“Bavi” tayfuni Tayvan, Xitoy va Yaponiyaning ayrim hududlarida kuçli şamol va jala yoğingarçiliklarni keltirib çiqardi. Tabiiy ofat oqibatida yuz minglab odamlar evakuatsiya qilindi, minglab xonadon elektr taminotisiz qoldi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
.png)
Naşrning yozişiça, tayfun bugun, 11 iyul kuni Tayvanning şimoliy qismi hamda Yaponiyaning janubi-ğarbidagi Okinava orollariga yaqinlaşgan. Tayvanda kuçli şamol va jala sabab 90 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga köçirilgan, 170 mingdan ortiq xonadon elektr taminotisiz qolgan, şuningdek, yuzlab aviareys bekor qilingan.
Xitoyning şarqidagi Çjetszyan viloyatida joylaşgan, qariyb 10 million aholi istiqomat qiladigan Vençjou şahri yaqiniga “Bavi” tayfuni 12 iyul kuni ertalab yetib borişi kutilgan. Şu sababli mahalliy hukumat xavfsizlik çoralarini kuçaytirib, 10 iyul kuni keçgaça 887 801 nafar aholini oldindan xavfsiz hududlarga köçirgan. Şu bilan birga, kuçli yoğingarçilik xavfi sabab Pekin yaqinidagi ayrim hududlarda 100 mingdan ortiq kişi evakuatsiya qilingan.
“Heç qanday kuç va mablağni ayamasdan amalga oşirilayotgan keng kölamli safarbarlik eng yomon ehtimoliy stsenariydan himoyalanişga qaratilgan”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Yaponiyaning Okinava prefekturasida tayfun oqibatida 18 mingdan ortiq xonadon va obekt elektr energiyasidan uzilgan. Aviakompaniyalar önlab reyslarni bekor qilgan, buning natijasida 26 mingdan ortiq yölovçi parvozlarini amalga oşira olmagan.
Filippinda esa tayfun keltirib çiqargan kuçli yomğirlar va köçkilar oqibatida 18 kişi halok bölgan. Mamlakat böylab qariyb 11 ming aholi evakuatsiya qilingan, önlab portlar faoliyati vaqtinça töxtatilgan va 313 ta kema xavfsiz hududlarga olib çiqilgan.
Malumotlarga köra, tayfun markazidagi şamol tezligi soatiga 137 kilometr, şamolning ayrim lahzalardagi tezligi esa 173 kilometr/soatga yetgan. Sinoptiklar orolning şimoliy qismida kuçli yoğingarçilik va qirğoq hududlarida 10 metrgaça baland tölqinlar kuzatilişi haqida ogohlantirgan.
Mutaxassislar sönggi yillarda okean suvlari haroratining rekord darajada isişi tropik böronlarning kuçayişiga sabab bölayotganini takidlamoqda. Yevropa Ittifoqining “Copernicus” iqlim xizmati malumotlariga köra, okeanlarda kuzatilayotgan yuqori harorat hamda El-Nino hodisasi bu kabi kuçli tayfunlarning şakllanişiga qöşimça omil bölmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Filippinning janubiy qismida yuz bergan köçkilar oqibatida kamida 15 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.