Frantsiyada kuçli böron sabab ikki kişi halok böldi
Frantsiyada kuzatilgan kuçli momaqaldiroq va böronlar oqibatida kamida ikki kişi halok böldi. Tabiiy ofat sabab ön minglab xonadonlar elektr taminotisiz qoldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 16 iyul kuni keçqurun Frantsiyaning markaziy va şarqiy hududlaridagi 30 ta departamentda kuçli döl yoğişi va momaqaldiroq xavfi sababli töq sariq darajadagi ogohlantiriş elon qilingan.
Yuqori Vena departamentidagi Sen-Vikturen şahrida ayol ustiga daraxt qulaşi oqibatida halok bölgan. Şuningdek, Izer departamentining Dolome şahrida çaqmoq urişi ortidan yongan ustaxonadan erkak kişining jasadi topilgan.
Malumotlarga köra, kuçli böronlardan keyin 53 mingga yaqin xonadon elektr taminotisiz qolgan. Ayni paytda hududlarda qutqaruv işlari hamda elektr taminotini tiklaş işlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Bavi” tayfuni Tayvan, Xitoy va Yaponiyaning ayrim hududlarida kuçli şamol va jala yoğingarçiliklarni keltirib çiqargan edi. Tabiiy ofat oqibatida yuz minglab odamlar evakuatsiya qilingan va minglab xonadonlar elektr taminotisiz qolgan edi.