USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tinç okeanida harorat böyiça rekord yangilandi

30 марта
Тинч океанида ҳарорат бўйича рекорд янгиланди

Tinç okeanidagi El-Nino hodisasi kuzatilayotgan hududda suv harorati ketma-ket 150 kundan beri rekord darajada yuqori bölmoqda. Oqibatda Janubiy Amerikaning ğarbiy qismida kuçli yoğingarçilik, suv toşqinlari va köçkilar kuzatilmoqda. Bu haqda “The Waşington Post” xabar berdi.

Malumotlarga köra, El-Nino ölçanadigan asosiy hududda okean suvining örtaça harorati 30,2 darajaga yetgan. Ayrim joylarda esa bu körsatkiç 31,6 darajagaça kötarilgan. Bungaça qayd etilgan eng yuqori harorat 2015 yilda kuzatilgan bölib, 29,8 darajani taşkil etgan.

El-Nino tasiri, ayniqsa, Peru va Ekvadorda sezilmoqda. Perudagi meteorologik konsalting kompaniyasi rahbari Abraham Levining aytişiça, uşbu ikki davlat zamonaviy tarixdagi eng kuçli El-Nino hodisalaridan biriga tayyorgarlik körmoqda.

Ekvadorning Guayakil şahrida oktyabr oyida qariyb 20 dyuym (50,8 santimetr) yomğir yoqqan. Holbuki, bu hududda mazkur oy uçun örtaça yoğingarçilik miqdori atigi 0,2 dyuymni (0,5 santimetr) taşkil etadi. Bu odatdagi körsatkiçdan qariyb 100 baravar köp.

Şuningdek, ötgan hafta Ekvador poytaxti Kitoda kuçli yomğirlar suv toşqinlariga olib kelgan. Çilining poytaxti Santyagoda esa jala yomğirlari vayronkor sel köçişlariga sabab bölgan.

Peru sohillari yaqinida okean suvi harorati meyordan 9,4 darajagaça yuqori qayd etilmoqda. Mutaxassislar mamlakatda yomğirli mavsum boşlanişi bilan vaziyat yanada oğirlaşişi mumkinligini bildirmoqda.

El-Nino AQŞda ham qişki ob-havoga tasir qilişi kutilmoqda. Xususan, mamlakatning ğarbiy va şarqiy sohillarida kuçli böronlar, Kaliforniyada suv toşqinlari, Floridada esa noodatiy kuçli yoğingarçilik va xavfli ob-havo hodisalari ehtimoli ortişi mumkin.

Eslatib ötamiz, joriy yildagi El-Nino barça kuzatuvlar tarixidagi eng kuçlisiga aylanişi hamda qurğoqçilik, kuçli jala va boşqa ekstremal ob-havo xavfini oşirişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: