Yer aholisi ogohlantirildi
Tinç okeanida şakllanayotgan El-Nino hodisasi sönggi bir asrdagi eng kuçli jarayonga aylanişi mumkin. Buyuk Britaniya Meteorologiya idorasi bu hodisa 2027 yilni rekord darajadagi eng issiq yilga aylantirişi mumkinligidan ogohlantirdi.
Meteorologiya idorasi uzoq muddatli prognozlar bölimi rahbari professor Adam Skayf El-Nino signalini “misli körilmagan” deb atagan. Uning aytişiça, prognozlarda ilgari bunday kuçli El-Nino kuzatilmagan. Tinç okeanidagi dengiz yuzasi harorati hozirning özida odatdagidan 2 darajadan köproq yuqori bölib, yil oxiriga kelib bu farq 3 darajadan oşişi mumkin.
Ayrim iqlim guruhlari esa haroratdagi farq 4 darajagaça yetişini taxmin qilmoqda. Bu holat amalga oşsa, olimlar hodisa sönggi 500 yoki hatto 1000 yil içidagi eng kuçli El-Nino bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.
El-Nino odatda har 2-7 yilda bir marta yuzaga keladi. Bu jarayonda Tinç okeanidagi passat şamollari zaiflaşadi yoki yönalişini özgartiradi, natijada iliq suv şarqqa siljiydi. Okeandan atmosferaga katta miqdorda issiqlik çiqişi esa global harorat va yoğingarçilik tartibiga tasir qiladi.
Mutaxassislar El-Nino tasiri allaqaçon sezila boşlaganini aytmoqda. Hindistonda musson yomğirlari odatdagidan kam bölayotgani, Atlantika okeanida esa dovullar faolligi pasaygani qayd etilgan. Avstraliyada qurğoqçilik va örmon yonğinlari, Janubiy Amerika hamda AQŞ janubida esa suv toşqinlari xavfi ortişi mumkin.
Buyuk Britaniyada esa kuz va qiş oylarida yomğir hamda böronlar kuçayişi kutilmoqda. Meteorologiya idorasi malumotlariga köra, El-Nino tasirida Janubiy yarimşarning ayrim hududlarida kuçli qurğoqçilik, Şimoli-Ğarbiy Yevropada esa nam va böronli ob-havo kuzatilişi mumkin.
Meteorologiya idorasi iqlimşunosi Nik Danstounning takidlaşiça, kuçli El-Nino davrida okeandan atmosferaga katta miqdorda issiqlik çiqadi. Şu sababli, 2027 yil 2024 yilgi eng issiq yil rekordini yangilaşi ehtimoli juda yuqori.
Malumot uçun, El-Nino – Tinç okeanining ekvatorial qismidagi suvlar odatdagidan isib ketişi bilan boğliq tabiiy iqlim hodisasi bölib, u butun dunyoda harorat, yoğingarçilik va şamol rejimi özgarişiga olib kelişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yer sayyorasi misli körilmagan issiqlik davriga kirib borayotgani, kuçayib borayotgan El-Nino hodisasi esa yaqin oylardayoq yangi harorat rekordlariga olib kelişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş hukumatlarni aholini himoya qiliş çoralarini tezlaştirişga va qazilma yoqilğidan foydalanişni yanada kengaytirişdan voz keçişga çaqirgan.