Rossiya Kiyevdagi 6-issiqlik elektr markaziga zarba berdi
Rossiya harbiylari bugun, 31 oktyabrga ötar keçasi dronlar yordamida Kiyevdagi 6-issiqlik elektr markaziga (IEM-6) zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur obekt harbiy logistika inşootlari hamda qurol-yaroğ va harbiy texnika saqlanadigan joylarni elektr energiyasi bilan taminlaganini bildirdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
“Zarbalar oqibatida harbiy logistika obektlari, qurol-yaroğ va harbiy texnika saqlanadigan joylarni elektr energiyasi bilan taminlovçi 6-issiqlik elektr markazi şikastlandi“, deyiladi vazirlik xabarida.
Kiyevdagi IEM-6 Ukrainadagi eng yirik issiqlik elektr markazlaridan biri hisoblanadi. U Kiyevning şimoli-şarqiy çekkasida, Desnyanskiy tumanida joylaşgan. Markaz bir vaqtning özida elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqaradi. Uning elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati 500 megavatt, issiqlik quvvati esa soatiga 1 740 gigakaloriyani taşkil etadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi, şuningdek, Xarkovdagi “Proton“ sanoat zonasida joylaşgan, Ukraina Qurolli kuçlari uçun qurol-yaroğ va harbiy texnika ehtiyot qismlari işlab çiqariladigan tsexlarga ham zarba berilganini malum qilgan. Bundan taşqari, dronlarni yiğiş va saqlaş uçun foydalaniladigan omborlar ham nişonga olingan.
Vazirlik malumotlariga köra, Odessa şahridan 18 kilometr janubda Ukraina Qurolli kuçlari uçun yuk taşiyotgani aytilgan quruq yuk kemasi ham zarbaga uçragan.
Avvalroq, 30 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev va uning atrofidagi harbiy-sanoat korxonalari hamda energetika obektlariga, şuningdek, Qora dengizdagi harbiy yuklar taşiyotgan kemaga hujum qilinganini bildirgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Bryansk viloyatidagi harbiylar uçun konserva işlab çiqaradigan zavod va Samara viloyatidagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgandi. Har ikki korxona hududida yonğin çiqqan.