USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda duşman dronlarini çalğituvçi “uçuvçi niqob” işlab çiqildi

18 марта
АҚШда душман дронларини чалғитувчи “учувчи ниқоб” ишлаб чиқилди

AQŞning Vigil Autonomy kompaniyasi harbiy texnika va piyodalarni razvedkaçi dronlar hamda suniy yöldoşlar kuzatuvidan yaşirişga möljallangan Air Cover qurilmasini taqdim etdi. Bu haqda “Defense Express” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Air Cover taşqi körinişidan havoda uçib yuradigan qoplamaga öxşaydi. Uning asosiy vazifasi nişonni nafaqat oddiy kameralar, balki infraqizil va radar qurilmalari orqali aniqlaşni ham qiyinlaştirişdan iborat. Bunday uskunalar razvedkaçi dronlar va suniy yöldoşlarga örnatilişi mumkin.

Qurilmaning tört burçagiga örnatilgan dronlar qoplamani havoda uşlab turadi va yaşirilişi kerak bölgan obekt ustida harakatlanadi. Kompaniya malumotlariga köra, Air Cover ikki soatgaça işlaşi mumkin. Uni bir neçta tayanç yordamida statsionar holatda ham örnatiş mumkin

Taxminlarga köra, qurilmaga örnatilgan dronlar suniy intellekt yordamida yaşirilayotgan texnika yoki piyodalarni mustaqil ravişda kuzatib, ular harakatlanganda ham ustida qolişi mumkin. Biroq işlab çiquvçi qurilmaning boşqa texnik xususiyatlarini hozirça oşkor qilmagan. Işlanma dastlabki bosqiçda ekani aytilmoqda.

Şu bilan birga, mutaxassislar Air Cover’ning amaliy samaradorligiga şubha bilan qaramoqda. Qoplama obektni faqat yuqoridan yaşirişi sababli u, asosan, nişonning tepasidan kuzatuv olib borayotgan dronlar yoki suniy yöldoşlarga qarşi foyda berişi mumkin.

Bundan taşqari, qurilmaning ikki soatlik işlaş muddati uzoq davom etadigan harbiy operatsiyalar uçun yetarli bölmasligi mumkin. Batareyalar quvvati tugagaç, uni harbiy texnikada olib yuriş yoki piyodalar kötarib yurişiga töğri keladi.

Infraqizil kuzatuvga qarşi Air Cover malum darajada foyda berişi mumkin. Biroq u nişonni aniqlaşni butunlay imkonsiz qilmaydi. Kamera obektga yon tomondan qaraganida, qoplama ostidagi texnika yoki odamni körişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: