USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pluton ortida yana bir sirli sayyora topildi

33 марта
Плутон ортида яна бир сирли сайёра топилди

Olimlar Quyoş tizimida Pluton orbitasidan taşqarida joylaşgan yangi mitti sayyora nomzodini aniqladi. 2026 ED138 deb nomlangan osmon jismi hozirça uşbu turdagi eng yirik va yorqin obektlardan biri bölişi mumkin. Bu haqda AQŞ Milliy ilmiy jamğarmasi va Energetika vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yurituvçi Vera Rubin observatoriyasi malum qildi.

Qayd etilişiça, yangi obekt joriy yilning 13 oktyabr kuni astronom Metyu Xolman tomonidan observatoriya malumotlarini tahlil qiliş jarayonida aniqlangan. Dastlab uning yorqinligi va Quyoşdan uzoqligi olimlar etiborini tortgan.

Keyinçalik tadqiqotçilar observatoriya arxivlarini qayta körib çiqib, 2026 ED138’ning avvalgi kuzatuvlarini ham topgan. Malum bölişiça, osmon jismi joriy yilning 4 martidan 11 iyuligaça – 20 keça davomida 30 marta kuzatilgan. Şuningdek, 2016 yilga oid arxiv suratlari ham uning orbitasini aniqlaşga yordam bergan.

Hozirda 2026 ED138 Quyoşdan taxminan 46 astronomik birlik uzoqlikda joylaşgan. Taqqoslaş uçun, mitti sayyora Plutonning Quyoşdan örtaça masofasi 40 astronomik birlikni taşkil etadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yangi obektning diametri 600 kilometrdan 1 500 kilometrgaça bölişi mumkin. Uning orbitasi Quyoş tizimi tekisligiga nisbatan qariyb 25 daraja qiyşaygan.

Olimlar 2026 ED138 mitti sayyora maqomini olişi uçun qöşimça kuzatuvlar ötkazişi kerak. Xususan, uning aniq ölçamini belgilaş va tabiatini tasdiqlaş uçun infraqizil kuzatuvlar zarur.

Agar uning mitti sayyora ekani tasdiqlansa, 2026 ED138 Xalqaro astronomiya ittifoqi rasman tan olgan Pluton, Serera, Erida, Xaumea va Makemake qatoriga qöşilişi mumkin.

Malumot uçun, Vera Rubin observatoriyasi 2026 yilning iyun oyida osmonni keng kölamda kuzatişga möljallangan ön yillik tadqiqot dasturini boşlagan. Observatoriya şu davr mobaynida janubiy yarimşar osmonini muntazam suratga olib, Quyoş tizimi va koinotdagi yangi obektlarni aniqlaşni rejalaştirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Olimlar ayrim nazariy şaroitlarda qora tuynuk ikki qismga bölinişi mumkinligini hisoblab çiqqani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: