Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi
Xitoyda ulkan radio teleskop yordamida olib borilgan çuqur kuzatuvlar davomida boşqa bir tsivilizatsiyaga tegişli bölişi mumkin bölgan sirli signal aniqlandi. Bu haqda “TRT Haber” malum qildi.
Malum qilinişiça, olimlar insoniyat koinotda yolğiz emasligini aniqlaş maqsadida Yerdan taşqarida hayot izlaşda davom etmoqda. Xususan, Xitoyning ulkan FAST radio teleskopi yordamida ötkazilgan sönggi tadqiqotda hayot mavjud bölişi ehtimoli bölgan 33 ta turli sayyora tizimi batafsil kuzatilgan.
Tadqiqot davomida tabiiy kosmik jarayonlar natijasida yuzaga kelişi qiyin bölgan, juda tor diapazondagi va suniy kelib çiqişga ega bölişi mumkin bölgan radio signallar qidirilgan.
Kuzatuvlarning aksariyati aniq natija bermagan bölsa-da, Yerdan 238 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan K2-155 nomli qizil, mitti yulduz tomondan kelgan signal tadqiqotçilar etiborini tortgan.
Olimlar tomonidan işlab çiqilgan yangi avtomat örganiş algoritmlari va radio şovqinlarni filtrlaş usullari yordamida Yerdagi texnologik qurilmalardan kelayotgan köplab suniy signallar ajratib taşlangan. Şunga qaramay, filtrdan ötgan ayrim signallar özining bazi sifatlari bilan olimlarda qiziqiş uyğotişda davom etmoqda.
Yerdagi radio şovqinlar asosiy tösiq
Bildirilişiça, koinotdan kelayotgan signallarni izlaşdagi eng katta muammolardan biri – Yerdagi texnologik qurilmalar yuzaga keltiradigan radiotölqin şovqinlaridir. Suniy yöldoşlar, samolyotlar va aloqa tizimlari kabi köplab manbalar astronomik kuzatuvlarni murakkablaştirişi mumkin.
Qayd etilişiça, tadqiqotçilar köp yönalişli tovuş tutuvçilar va zamonaviy filtrlaş usullari yordamida bunday şovqinlarning katta qismini bartaraf etişga muvaffaq bölgan. Biroq hozirça Yerdan taşqarida ongli hayot mavjudligining aniq dalili topilmagan. Şunday bölişiga qaramasdan, astro-fizik olimlar tomonidan bu kabi tadqiqotlar kelajakda koinotni örganiş va boşqa tsivilizatsiyalardan signal izlaş imkoniyatlarini yanada kengaytirişi mumkinligi aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq astronomlar Yerdan 2,5 baravar katta, massasi qariyb 23,5 baravar yuqori bölgan ğayrioddiy ziç ekzosayyorani aniqlagandi.
Azizbek Hamdamov