“Jeyms Uebb” teleskopi maşhur yulduz tizimida gigant sayyorani kaşf etdi
Astronomlar “Jeyms Uebb” koinot teleskopi yordamida “Beta Pictoris d” ekzosayyorasini aniqladi. Obekt Yerdan 63 yoruğlik yili uzoqligida joylaşgan yoş yulduzning yoruğ çang diski içida yaşiringan. Bu haqda “ScienceDaily” xabar berdi.
Qayd etilişiça, San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti olimlar guruhining Eydan Gibbs rahbarligidagi tadqiqot natijalari elon qilingan. Kaşfiyot oldindan malum bölgan “Beta Pictoris d” sayyorasi atmosferasini tadqiq qiliş çoğida NIRSpec spektrografi yordamida amalga oşirilgan.
Töğridan töğri suratlar örniga tadqiqotçilar atmosferaning kimyoviy spektrini, yani is gazi, suv buği va metan signallarini qayd etgan. Bu obektning ekzosayyora ekanini tasdiqlaydi va uning orqa fondagi yulduz yoki jigarrang mitti yulduz ekani haqidagi taxminlarni istisno qilişga imkon bergan. Qöşimça tekşiruvlar MIRI instrumenti va Juda katta teleskop (VLT) suratlari yordamida ötkazilgan.
“Beta Pictoris d” obektining massasi Yupiter massasidan kamida ikki baravar köp. Sayyora yulduzdan taxminan 30 astronomik birlik uzoqlikda aylanadi, bu Neptun orbitasiga mos keladi. Uşbu kaşfiyot çang diskining kuçli yoruğlik xalaqiti şaroitida örtaça aniqlikdagi spektroskopiya usuli bilan ekzosayyora aniqlangan birinçi holat bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yerdan taxminan 25 yoruğlik yili uzoqlikda, Jiraf (Kamelopardalis) yulduz turkumida joylaşgan GJ 3378b sayyorasi yerdan taşqaridagi hayot uçun eng istiqbolli nomzodlardan biri bölişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Yangi tadqiqotning körsatişiça, u öz yulduzining hayot zonasida (yaşaş uçun qulay hududda) joylaşgan va unda suyuq suv mavjud bölişi uçun potentsial şaroit bor.