Astronomlar yangi ğayritabiiy kosmik obektni aniqladi
Astronomlar yulduzga öxşab nur taratadigan, biroq energiyasi qora tuynuklarga xos bölgan yangi turdagi kosmik obektni aniqlaganini malum qildi. “Qora tuynuk yulduzi” deb atalgan uşbu obekt butun Quyoş tizimi hajmiga teng bölib, Yerdan milliardlab yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan. Bu haqda xalqaro olimlar guruhining “Nature” jurnalida çop etilgan tadqiqotida söz bordi.
Qayd etilişiça, olimlar uşbu obektni NASA’ning “James Webb” kosmik teleskopi orqali olingan Koinotning ilk davrlariga oid tasvirlarni örganiş jarayonida aniqlagan. MoM-BH*-1 deb nomlangan obekt Kit yulduzi turkumida joylaşgan bölib, olimlar hisob-kitobiga köra, u Katta portlaşdan 660 million yil ötib şakllangan.

Tadqiqotçilar obektni dastlab ulkan qizil yulduz sifatida körib çiqqan. Biroq uning energiya çiqariş körsatkiçlari bu taxminga mos kelmagan. Hisob-kitoblarga köra, obekt malum bölgan har qanday yulduzdan 100 milliard marta köproq energiya ajratadi. Bu esa uning qora tuynuklarga xos xususiyatga ega ekanini körsatgan.
“Biz astrofizik obektning yangi turi – qora tuynuk yulduzini aniqladik”, degan Massaçusets texnologiya instituti qoşidagi Kavli astrofizika va kosmik tadqiqotlar instituti olimi Rohan Naydu.
Uning aytişiça, obekt “odatda qora tuynuklar bilan boğliq bölgan energiya bilan yoritiladi, bir vaqtning özida esa klassik yulduzlarga xos belgilarni namoyon qiladi”.

Kompyuter modellaştiriş natijalari obekt yadroviy sintez orqali energiya işlab çiqaradigan ulkan yulduz emasligini körsatgan. Olimlarning taxminiga köra, u ziç gaz qatlamlari bilan öralgan qora tuynuk bölib, gaz uning nurlanişini yulduznikiga öxşatib körsatmoqda.
Tadqiqotçilar MoM-BH*-1’ning nuri deyarli töliq qizil ekani va malum bir tölqin uzunligidan keyin keskin yöqolişini ham qayd etgan. Naydu bu xususiyatni malum bölgan boşqa kosmik obektlar bilan taqqoslaş qiyinligini aytgan.
Astronomlarning fikriça, agar tadqiqot natijalari tasdiqlansa, “James Webb” teleskopi tasvirlarida aniqlangan boşqa köplab sirli “Kiçik qizil nuqtalar” ham qora tuynuk yulduzlari bölişi mumkin.
Tadqiqotçilar bunday obektlar galaktikalar evolyutsiyasida muhim rol öynagan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Xususan, ular hozirgi kunda galaktikalar markazida mavjud bölgan öta ulkan qora tuynuklarning dastlabki şakllari bölişi tahmin qilingan.
Rohan Nayduning sözlariga köra, “qora tuynuk yulduzlari” deyarli har bir öta ulkan qora tuynukning şakllanişidagi dastlabki bosqiç bölişi hamda yulduzlar paydo bölişi va galaktikalarning keyingi rivojlanişiga ham tasir körsatgan bölişi mumkin.