Bolgariya tarixida ilk bor ayol prezident saylandi
Bolgariyada prezidentlik saylovining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Iliana Yotova ğalaba qozondi. Saylov byulletenlarining 99,68 foizi hisoblab çiqilgaç, Iliana Yotova hamda uning vitse-prezidentlikka nomzodi Kiril Valçev 57,66 foiz ovoz töplagani malum böldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Ularning raqiblari – sobiq boş vazir Andrey Gyurov va Georgiy Kandev 39,38 foiz ovoz olgan. Saylovçilarning 2,96 foizi esa nomzodlarning heç birini qöllab-quvvatlamagan.
Andrey Gyurov va Georgiy Kandev saylovdagi mağlubiyatini tan olgan. Sobiq boş vazir natijalar ekzitpol va parallel ovoz hisoblaş jarayonida kutilganidan farq qilgan bölsa-da, Bolgariya fuqarolari şunday tanlov qilganini aytgan.
Malumot uçun, Iliana Yotova 2017 yildan buyon Bolgariya vitse-prezidenti lavozimida işlab kelgan. Prezident Rumen Radev muddatidan oldin istefoga çiqqaç, uning vakolatlari Yotovaga ötgan. Şu tariqa, u Bolgariya tarixidagi ilk ayol prezidentga aylangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Peruda Keyko Fuximori prezident sifatida qasamyod qilgan va şu bilan mamlakatda ilk bor ayol davlat rahbari lavozimni egallagan edi.