USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainaning gumanitar yordam markazini bombaladi. Qurbonlar bor

75 марта
Россия Украинанинг гуманитар ёрдам марказини бомбалади. Қурбонлар бор

Rossiya armiyasi keça, 2 noyabr kuni Ukrainaning Zaporoje viloyatidagi gumanitar yordam tarqatiş markazi va uning yonidagi boşpanaga aviabombalar bilan zarba berdi. Hujum oqibatida kamida 26 kişi halok böldi, yana beş kişi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, hujum Zaporoje şahrining janubi-şarqida joylaşgan Komişuvaxa qişloğida sodir bölgan. Rossiya harbiylari dastlab mahalliy maktabga zarba bergan. Maktab öquvçilar uçun yopilgan bölib, aholi undan boşpana va gumanitar yordam tarqatiş markazi sifatida foydalanib kelgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytişiça, birinçi zarbadan keyin odamlar voqea joyiga yiğila boşlagan va Rossiya harbiylari ikkinçi bor hujum qilib, boşpanani nişonga olgan.

Halok bölganlar orasida qutqaruv xizmatining ikki nafar xodimi va tört nafar politsiyaçi bor. Jarohatlangan beş kişidan ikki nafari ham qutqaruvçi hisoblanadi. Zaporoje şahar kengaşi kotibi Regina Xarçenkoning malum qilişiça, hujumdan keyin yana 27 kişi bedarak yöqolgan.

Qutqaruvçilar vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirayotgan vaqtda Rossiya dronlari hududga yana hujum qilgan. Bu esa qutqaruv işlariga xalaqit bergan.

Zelenskiy Rossiya harbiylari qişloq aholisi har hafta gumanitar yordam oliş uçun şu joyga yiğilişini yaxşi bilganini aytgan. Uning sözlariga köra, hujum Rossiya uruşni yumşatiş emas, odamlarni öldirişda davom etayotganini körsatadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçragandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: