USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tinç okeanida 3 oy qolib ketgan 5 kişi topildi

76 марта
Тинч океанида 3 ой қолиб кетган 5 киши топилди

Tinç okeanida qayiqda yönalişidan adaşib, uç oy davomida sarson bölgan beş kişi, jumladan, ikki bola qutqarildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Malum qilinişiça, 9 kişidan iborat guruh iyul oyi oxirida Mikroneziyadagi Murilo orolidan qöşni Ruo oroliga yöl olgan. Safar taxminan bir soat davom etişi kerak bölgan. Biroq yölda kuçli böron kötarilib, qayiqni möljallangan yönalişidan olib ketgan.

Oqibatda qayiq Tinç okeanida qariyb 3,4 ming mil (5,4 ming kilometr) masofaga oqib ketgan. Uç oy ötib, guruh azolari Kiribatidagi Fanning oroli yaqinida mahalliy aholi tomonidan körib qolingan. Beş kişi 1 noyabr kuni qutqarilgan.

Hozirda ular mahalliy çerkov ruhoniysi qaramoğida. Orol tibbiyot xodimlari qutqarilganlarga dastlabki tibbiy yordam körsatgan. Kiribati parlamenti azosi Kaotitaake Rakoroa ularni keyingi tibbiy körik uçun mamlakatdagi eng yaqin yirik aholi punkti – Kiritimati oroliga zudlik bilan olib borişni tavsiya qilgan.

Mikroneziyadagi AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati avvalroq bedarak yöqolgan guruhni qidirgan, biroq 9 avgust kuni 25 ming dengiz mili masofani qamrab olgan qidiruv işlarini töxtatgan edi.

Qayiqdagi qolgan tört kişining taqdiri hozirça nomalum. Mikroneziyalik siyosatçi Aleksandr Narrun ularning topilişiga umid bildirdi. Şuningdek, u mamlakat prezidentidan qutqarilganlarni vatanga qaytariş masalasida Kiribati hukumati bilan muzokaralar boşlaşni söragan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: