Merts Germaniyada ilk bor ayol kişi prezident bölişini tarğib qilyapti
Germaniya kantsleri Fridrix Merts mamlakatning navbatdagi federal prezidenti lavozimiga ayol nomzodni ilgari surmoqçi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Merts keça, 2 noyabr kuni Berlinda Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) hududiy bölimlari rahbarlari bilan ötkazilgan yopiq yiğilişda navbatdagi prezident ayol bölişi kerakligini bildirgan. Kantsler partiyasi uçun markaziy siyosiy kuçlar vakili bölgan yagona ayol nomzodni taklif qilmoqçi.
Uçraşuvda Merts aniq bir nomzodning ismini aytmagan. Kutilişiça, u nomzodni joriy yilning 9 noyabr kuni bölib ötadigan XDI prezidiumi yiğilişidan keçiktirmay elon qiladi.
Mertsning qarorini Germaniyadagi hukumat koalitsiyasining hamkori bölgan Sotsial-demokratik partiya (SDP) ham ijobiy kutib olgan. Partiya vakili Dirk Vize mamlakatning eng yuqori davlat lavozimini ayol egallaşi vaqti kelganini takidlagan.
Avvalroq, Germaniyaning sobiq kantsleri Angela Merkel ham navbatdagi federal prezident ayol bölişi kerakligini bildirgan edi. Uning qayd etişiça, Germaniya Federativ Respublikasi taşkil topganiga 77 yil bölgan bölsa-da, şu vaqtgaça mamlakatda biror ayol federal prezident lavozimini egallamagan.
Hozirça prezidentlikka bir neçta nomzod muhokama qilinmoqda. Ular orasida Bavariya parlamenti rahbari Ilze Aygner, Bundestag raisi Yuliya Klyokner, talim vaziri Karin Priyen hamda sobiq mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer bor.
Amaldagi prezident Frank-Valter Ştaynmayer ikki muddat faoliyat yuritgani sababli yana nomzodini ilgari sura olmaydi. Germaniyaning yangi federal prezidenti 2027 yil 30 yanvar kuni Federal yiğiliş tomonidan saylanişi kerak.
Hozirça birorta nomzod rasman körsatilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bolgariyada prezidentlik saylovining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Iliana Yotova ğalaba qozonib, mamlakat tarixida ilk bor ayol prezident saylangani haqida xabar berilgan edi.