Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegişli deb tan olişdan boş tortişi yangi uruşga olib kelişi mumkin
22-06-2025, 13:24
218 марта

Uning qayd etişiça, Moskva Zaporijjya va Xerson oblastlarining anneksiya qilingan qismlarida, şuningdek, özini özi mustaqil deb elon qilgan DXR va LXRda ötkazilgan «referendumlar» natijalari Kiyev tomonidan tan olinişini talab qilmoqda. Uning fikriça, bu natijalarni etiborsiz qoldiriş «qurolli töqnaşuvning qayta boşlanişi ehtimoli borligini anglatadi».
Bundan taşqari, Putin Ukraina betaraflikka, yani heç qanday xorijiy ittifoqlarga qöşilmaslik va yadro qurolini joylaştirişdan voz keçişga rozi bölişi kerak, deb hisoblaydi. Rossiya prezidentining fikriça, bunday qadamlar «mintaqadagi uzoq muddatli barqarorlik» uçun asosdir.
U Moskva va Kiyev 2022 yil bahorida Istanbulda kelişuvga yaqin bölgani haqidagi sözlarini yana bir bor takrorladi.
«Umid qilamanki, Ukrainaning hozirgi rahbarlari uçinçi tomonning emas, milliy manfaatlarni közlagan holda iş tutadi. <…> Ukraina Rossiyaga qarşi işlovçi taşqi kuçlar qölidagi qurol bölişdan yaxşiroq taqdirga loyiq», — deya Putinning sözlarini keltiradi Sky News Arabia.
Kreml Qrim, DXR, LXR, Zaporijjya va Xerson oblastlari Rossiya tarkibiga kirişi tan olinişini talab qilayotgani haqida 2 iyun kuni Istanbulda bölib ötgan töğridan töğri muzokaralarning ikkinçi raundida rossiyalik muzokaralar Ukraina tomoniga topşirgan memorandumda ham aytilgandi.
Kiyevning tinçlik taklifida esa Ukraina betaraf bölib qolişi şart bölmasligi va Yevropa ittifoqiga azolik uçun harakatlarini davom ettirişi mumkinligi, NATOga azolik esa alyansdagi konsensusga boğliqligi közda tutilgan. Bundan taşqari, Ukraina 2014 yil fevralidan buyon Rossiya tomonidan egallab olingan hududlar xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmasligini talab qilgan. «Hududiy masalalar faqat töliq va sözsiz otaşkesimdan keyingina muhokama qilinadi», — deyilgan memorandumda.