Ukrainaning hujumi oqibatida Qrim elektrsiz qoldi
Ukraina Qurolli kuçlari bugun, 4 noyabrga ötar keçasi Rossiyaning energetika obektlariga hujum qildi. Hujum oqibatida Qrim yarimoroli va Sevastopol şahrida elektr taminoti uzildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Rossiya Energetika vazirligi malumotiga köra, zarbadan keyin Qrim va Sevastopoldagi istemolçilar elektr energiyasisiz qolgan. Energetika sohasi xodimlari avariya oqibatlarini bartaraf etiş va elektr taminotini tiklaş işlarini boşlagan.
Hozirda elektr energiyasini istemol qiliş vaqtinça çeklanmoqda. Bu çoralar hujum oqibatlarini tezroq bartaraf etiş va elektr taminotini bosqiçma-bosqiç tiklaş uçun joriy etilgan. Ijtimoiy ahamiyatga ega obektlar esa zaxira elektr manbalariga ulanmoqda.
Avvalroq, Qrim rahbari maslahatçisi yarim oroldan taşqaridagi energetika tizimida yana avariya yuz berganini malum qilgan. Uning aytişiça, elektr taminotidagi çeklovlar şu sababli joriy etilgan va tiklaş işlari olib borilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi malumotiga köra, bugun, 4 noyabrga ötar keçasi mamlakat hududlari hamda Qora va Azov dengizlari ustida Ukraina tomonidan uçirilgan 709 ta dron tutib olinib, yöq qilingan.
Dronlar Belgorod, Bryansk, Kursk, Kaluga, Tula, Ryazan, Oryol, Voronej, Saratov, Samara va Rostov viloyatlari, Krasnodar ölkasi, Moskva hududi, Qrim hamda Adigeya ustida urib tuşirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçragandi. Hujum oqibatida Kstovo tumanidagi sanoat korxonasi jiddiy zarar körgan.