USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ tarixida ilk bor Senatga musulmon nomzod saylandi

58 марта
АҚШ тарихида илк бор Сенатга мусулмон номзод сайланди

Demokratik partiya vakili Abdul al-Said Miçigan ştati böyiça AQŞ Senatiga ötkazilgan saylovda respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.

Saylovoldi kampaniyasi davomida uni AQŞ Prezidenti Donald Tramp bir neça bor tanqid qilgan va “jihodçi” deb atagan. Ğalabadan keyin al-Said Prezidentga murojaat qilib, unga quyidagiça javob qaytardi:

“Donald, ismim bilan boğliq muammolaring bölganini bilaman. Şuning uçun yanvar oyida Jey Di meni qasamyod qildirganidan keyin, meni şunçaki senator deb ataşing mumkin”.

Kasbi böyiça epidemiolog bölgan al-Said avval Detroyt jamoat salomatligi tizimiga rahbarlik qilgan. Saylov kampaniyasida u Isroilning Ğazo sektoridagi siyosati va AQŞning Isroil hukumatiga körsatayotgan harbiy yordamini tanqid qilişga alohida etibor qaratgan.

Saylovoldi roliklaridan birida siyosatçi amerikaliklarning iqtisodiy muammolarini AQŞning Isroilni qöllab-quvvatlaş uçun sarflayotgan mablağlari bilan boğlagan. Bu bayonotlar, jumladan, Demokratik partiyaning ayrim vakillari tomonidan ham antisemitizmda ayblovlarga sabab bölgan.

Al-Said esa amerikalik soliq tölovçilar mablağlari hisobidan Isroilning harbiy amaliyotlarini moliyalaştirişni töxtatiş tarafdori ekanini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Senatda demokratlar kamida 54 ta öringa ega bölayotgani, şu jumladan, Texas va Kanzasda – önlab yillar davomida respublikaçilar ğalaba qozonib kelgan ştatlardagi poygalarda zafar kuçgani haqida xabar berilgan edi. Vakillar palatasida ham demokratlar köpçilikni qölga kiritişga muvaffaq böldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: