USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şveytsariya Alişer Usmonovga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi

35 марта
Швейцария Алишер Усмоновга нисбатан санкцияларни бекор қилди

Şveytsariya Rossiyaning ikki milliardi – Alişer Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi, biroq çeklovlar röyxatiga Rossiyaga oid yana 254 ta yangi bandni qöşdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Şveytsariya Iqtisodiyot böyiça davlat kotibiyati (SECO) tomonidan elon qilingan malumotlarga köra, Fridman va Usmonovdan taşqari, Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev hamda Redbird Corporate Services Ltd kompaniyasiga nisbatan ham sanktsiyalar bekor qilingan.

Bundan taşqari, Rossiya Davlat dumasi sobiq deputati Yuriy Şvitkin va konstruktor Aleksandr Leonov vafot etgani sababli ular ham sanktsiyalar röyxatidan çiqarilgan.

Şu bilan birga, Şveytsariya sanktsiyalar röyxatiga 254 ta yangi band kiritgan. Ular orasida Rossiyaning 33 ta banki, uçinçi davlatdagi bitta bank, 17 ta moliyaviy muassasa va kriptoxizmatlar yetkazib beruvçisi, uçinçi davlatlarga tegişli beşta kompaniya, şuningdek, Rossiyaning törtta aeroporti va ikkita porti bor.

SECO malumotiga köra, Şveytsariya taşqi siyosiy va huquqiy omillarni baholaganidan söng, Rossiyaning ikki fuqarosini hozirça sanktsiya röyxatiga kiritmaslikka qaror qilgan. Şuningdek, uçinçi davlatlarga tegişli 14 ta kompaniyaga nisbatan eksport nazoratini kuçaytiriş çoralari ham qöllanilmagan.

Takidlanişiça, Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar böyiça 20-paketida joriy etilgan amaliy çoralar savdo çeklovlarini çetlab ötişning oldini olişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 22 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni uç yilga uzaytirgan, biroq Alişer Usmonov va Mixail Fridman uşbu röyxatdan çiqarilgan edi. Uşbu qaror ittifoq mamlakatlari örtasidagi bir neça kunlik muhokamalardan söng qabul qilingan. “Reuters”, “Financial Times” va “Euractiv” naşrlari bu qaror sanktsiyalarni uzaytiriş böyiça kelişuvga erişiş uçun qilingan murosa doirasida körib çiqilganini yozgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: