Yevroittifoq Alişer Usmonovni sanktsiyalar röyxatidan çiqardi
Yevropa Ittifoqi Rossiyalik milliarderlar Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanktsiyalar röyxatidan çiqarişga kelişdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqiga azo davlatlarning doimiy vakillari USM Holdings asosçisi Alişer Usmonov hamda “Alfa-grupp” hammuassisi Mixail Fridmanni sanktsiyalar röyxatidan çiqariş böyiça kelişuvga erişgan.
Rossiyaga qarşi sanktsiyalar röyxatida jami qariyb 3 ming nafar jismoniy va yuridik şaxs bor. Ilgari uşbu çeklovlar har 6 oyda barça 27 davlatning roziligi bilan uzaytirib kelingan. Yangi kelişuvga köra, sanktsiyalar 2029 yil 22 sentyabrga qadar amal qiladi.
Usmonov va Fridmanga nisbatan sanktsiyalarni bekor qiliş masalasi sönggi haftalarda YeI davlatlari örtasida kelişmovçiliklarga sabab bölgandi. Avval Slovakiya, keyin Frantsiya Usmonovni sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni talab qilgan. Lyuksemburg esa Fridmanga nisbatan çeklovlarni bekor qilişni söragan.
Frantsiya öz talabini milliy xavfsizlik masalalari bilan izohlagan. Malumotlarga köra, Parijning Usmonov böyiça pozitsiyasi Ozarbayjon bilan mahbuslarni ozod qiliş böyiça muzokaralar bilan boğliq bölgan. Usmonovni sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni Turkiya va Özbekiston ham ilgari qöllab-quvvatlagan.
Fridman masalasida Lyuksemburgning pozitsiyasi esa biznesmenning mamlakat hukumatiga qarşi 16 milliard dollarlik davosi bilan boğlangan. U mazkur davoni 2024 yilda aktivlari muzlatilganiga javoban kiritgan.
Keça, 22 sentyabr holatiga köra, Latviya Usmonov va Fridmanga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilişga qarşi çiqqan Yevropa Ittifoqidagi yagona davlat bölgan. Biroq keyinçalik Riga öz vetosini qaytarib olib, “konstruktiv betaraflik” pozitsiyasini tanlagan.
Şundan söng YeI Kengaşi Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni 2029 yil 22 sentyabrgaça uzaytirganini rasman malum qildi. Bayonotda 3 nafar jismoniy şaxs va bitta taşkilotning sanktsiya röyxatidagi muddati uzaytirilmagani aytilgan.
Usmonov va Fridmanga qarşi sanktsiyalar Yevropa Ittifoqi tomonidan 2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan köp ötmay joriy etilgan edi. YeI rasmiylari öşa vaqtda ularni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yaqin doirasiga kiruvçi şaxslar sifatida baholagan.
Sanktsiyalar sabab Fridman investitsiya guruhi LetterOne direktorlar kengaşini tark etgan, şuningdek, “Alfa-bank” va “Alfa-straxovaniye”dagi uluşlarini sotgan.
Malumot uçun, Usmonov va Fridman sanktsiyalarini bekor qiliş masalasi avval ham Yevropa Ittifoqida muhokama qilingan. Joriy yilning mart oyida Vengriya va Slovakiya ham ularni sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni talab qilgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Latviya Boş vaziri Andris Kulbergs Rossiya bilan boğliq özbek milliarderi Alişer Usmonov va rossiyalik milliarder Mixail Fridmanga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanktsiyalarini bekor qiliş evaziga boşqa minglab şaxs va kompaniyalarga qöyilgan çeklovlarni uzaytiriş böyiça taklifni rad etgani haqida xabar berilgan edi.