YeI Alişer Usmonov masalasida kelişa olmayapti – OAV
Frantsiya va Slovakiyaning rossiyalik milliarder Alişer Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanktsiyalar röyxatidan çiqariş talabi sabab taşkilot Rossiyaga qarşi çeklovlarni odatdagi muddatga emas, atigi bir haftaga uzaytirişga kelişdi. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, RBK xabar berdi.
Qayd etilişiça, YeI davlatlari elçilari Rossiyaga qarşi amaldagi sanktsiyalarni joriy yilning 22 sentyabr yarim tungaça uzaytirişga kelişgan. Çeklovlar 15 sentyabr kuni yakunlanişi kerak edi. Bir haftalik muddat azo davlatlarga mavjud kelişmovçiliklarni bartaraf etiş va sanktsiyalarni uzaytiriş böyiça qöşimça muzokaralar ötkaziş imkonini beradi.
Kelişmovçiliklarning asosiy masalalaridan biri Alişer Usmonovni sanktsiyalar röyxatidan çiqariş bölgan. Malumotlarga köra, Frantsiya bu borada uzoq vaqtdan beri şunday talab bilan çiqib kelayotgan Slovakiyaga qöşilgan. Parij öz pozitsiyasini milliy xavfsizlik masalalari bilan izohlagan.
Frantsiyalik diplomatik manba “Reuters”ga mamlakat Usmonov masalasida murojaat qilgan xalqaro hamkorlariga ijobiy javob beriş niyatida ekanini bildirgan. EUobserver esa bunday davlatlar qatorida Ozarbayjon, Turkiya va Özbekiston bölişi mumkinligini yozgan.
Şuningdek, Xorvatiya va Italiya ham Usmonovni YeI sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni qöllab-quvvatlagani xabar qilingan. Mart oyidagi muzokaralarda esa Vengriya ham milliarderga nisbatan çeklovlarni bekor qilişni talab qilgan.
YeI Usmonovga qarşi sanktsiyalarni 2022 yilda joriy qilgan. Milliarder çeklovlarni bekor qiliş uçun Yevropa sudlariga bir neça bor murojaat qilgan, biroq bu urinişlar natija bermagan. Unga nisbatan AQŞ va Buyuk Britaniyada ham sanktsiyalar amal qiladi.
Mart oyida YeI Rossiyaga qarşi şaxsiy sanktsiyalarni 15 sentyabrgaça uzaytirgan edi. Öşanda çeklovlar qariyb 2,6 ming jismoniy va yuridik şaxsni qamrab olgani malum qilingan.
Rossiya esa Ğarb davlatlari tomonidan joriy etilgan sanktsiyalarni noqonuniy deb hisoblaydi. Kreml Rossiya iqtisodiyoti köplab çeklovlar şaroitida faoliyat yuritişda davom etayotgani va ularga nisbatan malum darajada “immunitet” şakllanganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya Slovakiya bilan birga rossiyalik milliarder Alişer Usmonovni Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar röyxatidan çiqarişni taklif qilib, bu qaror boşqa azo davlatlarning keskin noroziligiga sabab bölgani haqida xabar berilgan edi.