Ozarbayjon Alişer Usmonov masalasida Frantsiyaga bosim ötkazgan – OAV
Frantsiya milliarder Alişer Usmonovga nisbatan joriy etilgan Yevropa Ittifoqi sanktsiyalarini bekor qilişni söramoqda, bunga esa Ozarbayjonning Frantsiyaga bosimi sabab bölgan. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Diplomatlarning aytişiça, Frantsiya Usmonovga nisbatan sanktsiyalarni bekor qiliş masalasini YeI doirasida ilgari surgan. Slovakiya ham uşbu taklifni qöllab-quvvatlagan. Usmonov Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan keyin, 2022 yilda Yevropa Ittifoqi sanktsiyalariga kiritilgan. Milliarder esa sanktsiyalarni bekor qiliş maqsadida Yevropaning turli mamlakatlarida bir neçta sud işlarini boşlagan. Uning advokatlari sanktsiyaga asos bölgan OAVdagi ayrim bayonotlarni ham rad etgan.
Frantsiyaning diplomatik manbalariga köra, Parijning Usmonovga oid pozitsiyasi milliy xavfsizlik masalalari bilan boğliq. Frantsiya xalqaro hamkorlarning bu boradagi murojaatlariga ijobiy munosabat bildirgan.
Yevropalik diplomatlar Frantsiya Ozarbayjonni Usmonov masalasidan ikki frantsuz fuqarosining hibsda saqlanayotgani yuzasidan Parijga bosim ötkaziş uçun foydalanayotganlikda ayblayotganini bildirgan. Frantsiya fuqarolaridan biri Ozarbayjonda josuslikda ayblanib, sudlangan. Parij esa uni noqonuniy ravişda hibsda saqlanayotganini aytgan.
Usmonovning YeI sanktsiyalar röyxatidan çiqarilişi masalasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham ilgari ilgari surgan. Biroq Ozarbayjon nima sababdan aynan Usmonovning sanktsiyalardan çiqarilişini istagani aniq emas.
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanktsiyalar röyxatida qariyb 3 mingta kompaniya va jismoniy şaxs bor. Ularga nisbatan aktivlarni muzlatiş va YeI hududiga kirişni taqiqlaş kabi çeklovlar qöllanadi.
Sanktsiyalar joriy yilning 15 sentyabrda tugaşi kerak edi, biroq YeI davlatlari kelişuvga erişa olmagani sababli ularning amal qiliş muddati 22 sentyabrgaça uzaytirildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya va Slovakiyaning rossiyalik milliarder Alişer Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanktsiyalar röyxatidan çiqariş talabi sabab taşkilot Rossiyaga qarşi çeklovlarni odatdagi muddatga emas, atigi bir haftaga uzaytirişga kelişgani haqida xabar berilgan edi.