USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğizistonda energetik içimliklar taqiqlanişi mumkin

36 марта
Қирғизистонда энергетик ичимликлар тақиқланиши мумкин

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov hukumatga bir oy muddatda energetik içimliklar işlab çiqariş va ularni mamlakatga olib kirişni taqiqlaş masalasini körib çiqişni topşirdi. Bu haqda u fuqarolarga yöllagan murojaatida malum qildi. 

Prezident topşiriğiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi olti oy içida qonunçilik doirasida tegişli çoralarni amalga oşirişi kerak.

Japarovning aytişiça, bunday taşabbus energetik içimliklarning aholi salomatligiga tasiri borasidagi xavotirlar bilan boğliq. Mazkur masala avvalroq fuqarolar va Jogorku Keneş deputatlari tomonidan ham kötarilgan.

Prezident energetik içimliklar istemoli kölamiga oid raqamlarni ham keltirgan. Unga köra, 2025 yilda Qirğiziston aholisi 54,2 million litr, yani qariyb 129 million banka energetik içimlik istemol qilgan. 2026 yilning birinçi yarmida esa bu körsatkiç 36,1 million litrga yoki taxminan 85,9 million bankaka yetgan.

Şu bilan birga, davlat rahbari ehtimoliy taqiqning iqtisodiy oqibatlariga ham etibor qaratgan. Uning dastlabki hisob-kitoblariga köra, bu qaror oqibatida byudjet töğridan töğri va bilvosita soliq tuşumlaridan qariyb 1,5 milliard som miqdorida mahrum bölişi mumkin.

“Millat, fuqarolar va kelajak avlodlar salomatligini pul bilan ölçab bölmaydi”, deydi Sadir Japarov.

Prezident kasalliklar oqibatlariga qarşi kuraşişdan köra, ularning oldini oliş muhimroq ekanini takidlagan. Şuningdek, u tibbiyot mutaxassislarining energetik içimliklarni ortiqça istemol qiliş bilan boğliq xavflar haqidagi ogohlantirişlarini inobatga olişga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Içki işlar vazirligi mamlakatda spirtli içimliklar savdosiga bir qator çeklovlar joriy etişni taklif qilganligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: