USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Odamlar “kannabis”dan 2 800 yil avval ham mast böliş uçun foydalangani aniqlandi

144 марта
Одамлар “каннабис”дан 2 800 йил аввал ҳам маст бўлиш учун фойдалангани аниқланди

Arxeologlar Janubiy Sibirdagi qariyb 2 800 yillik qabrdan qadimda “kannabis“ning psixoaktiv tasiridan foydalanilganini tasdiqlovçi dalillarni topdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilişiça, tadqiqot davomida 1 400 dan ortiq “kannabis“ uruği va inson soç tolalari aniqlangan. Soç tahlili esa ularda kannabisning ongga tasir qiluvçi moddasi – THC mavjudligini körsatgan.

Tadqiqotçilar mazkur qabrdagi izlanişlarni 2017 yildan buyon olib bormoqda. Qabr Janubiy Sibirdagi Uyuk vodiysida joylaşgan bölib, unda yuqori mavqega ega kişilarning qoldiqlari topilgan. Olimlarning aniqlaşiça, u skiflar davrining ilk bosqiçiga, yani bundan 2 800 yil avvalgi davrga tegişli.

Tadqiqot guruhi dastlab qabr içidagi mayda qora nuqtalarni aniqlagan. Keyinçalik ular “kannabis“ uruğlari ekani malum bölgan. Radiokarbon tahlili uruğlarning qariyb 2 800 yil avval qabrga joylaştirilganini tasdiqlagan.

Topilgan inson soçlari mass-spektrometr yordamida tekşirilgan. Tahlilda “kannabis“ning asosiy psixoaktiv moddasi – THC va undan hosil böladigan kannabinol aniqlangan. Bu esa qadimda yaşagan insonlar “kannabis“ni şunçaki yetiştirmay, uning ongga tasir qiluvçi xususiyatidan ham foydalanganini körsatadi.

Tadqiqot muallifi, Şveytsariyaning Bern universiteti olimi Jino Kasparining aytişiça, “kannabis“ qabrda ötkazilgan marosimlarda işlatilgan bölişi mumkin.

Olim qabrda qurbonlik qilingan önlab otlar va inson qurbonliklariga oid ehtimoliy dalillar ham borligini aytgan. Şu sababli “kannabis“ qurbonlik qilinadigan kişilarni marosimdan oldin tinçlantiriş uçun işlatilgan bölişi mumkin. Biroq bu taxminni hozirça isbotlaş imkoni yöq.

Avvalroq, “kannabis“ Şarqiy Osiyoda kamida 6 ming yil avval yetiştirilgani aniqlangan edi. Biroq undan psixoaktiv maqsadlarda foydalanilganiga oid eng qadimgi dalillar taxminan 2 500 yil avvalga tegişli deb hisoblangan. Yangi topilma esa bu muddatni yana 300 yilga ortga surmoqda.

Hozirda olimlar qabrdan topilgan uruğlarning qadimiy DNKsini örganmoqda. Tadqiqot muallifining takidlaşiça, bu tahlil “kannabis“ning kelib çiqişi va tarqaliş tarixiga oid yangi malumotlarni oçişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afrikaning Mali davlati hududidagi Sahroi Kabirdan 2022 yilda topilgan Mars meteoritining yoşi kamida 4,1 milliard yil ekani aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Olimlar uşbu topilma qadimgi Marsda suyuq suv va hayot uçun qulay şaroitlar bölgani haqida yangi malumotlar berganini aytmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: