Xorazmda tomorqasida 82 tup kannabis yetiştirgan şaxs uşlandi
Xorazm viloyati Boğot tumanida tomorqasida kannabis giyohvandlik ösimligini yetiştirgan şaxs aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Boğot tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1978 yilda tuğilgan fuqaroning xonadoni va tomorqasi tekşirilgan. Uning qariyb 500 kvadrat metrlik yerida 82 tup kannabis ösimligi hamda 425 gramm “marixuana” saqlanayotgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, gumonlanuvçi joriy yil aprel oyi boşlarida tomorqasiga kannabis ösimligini ekib, uni parvarişlab kelgan. U yetiştirilgan giyohvandlik vositalarini keyinçalik sotiş maqsadida saqlagan.
Aniqlangan giyohvandlik ösimliklari va vositalari belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) hamda 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş va ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm va Namangan viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida şokolad qadoqlariga yaşirilgan 967 gramm “gaşiş” moddasi hamda Yangiqörğon tumanida 423 tup kannabis ösimligi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.