USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda Afrikadan poçta orqali yuborilgan kokainni olayotgan şaxs uşlandi

103 марта
Тошкентда Африкадан почта орқали юборилган кокаинни олаётган шахс ушланди

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida Afrikadan kurerlik jönatmasi orqali yuborilgan 728 gramm kokain hamda Böstonliq tumanida parvarişlanayotgan 17,6 ming tup köknori va 9 tup kannabis ösimligi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, tezkor tadbir davomida Serra-Leone davlatidan yuborilgan kurerlik jönatmasini Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi xususiy kurerlik poçtasidan qabul qilib olayotgan Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs uşlangan.

Tekşiruv davomida avtoehtiyot qismlari içiga 728 gramm kokain yaşirilgani aniqlanib, modda tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.

Şuningdek, gumonlanuvçining yaşaş xonadonidan zip paketlarga qadoqlangan kukunsimon moddalar hamda tarkibida narkotik moddalar bölgan şirinliklar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan taşqari, Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda ham 1971 yilda tuğilgan fuqaro taqiqlangan köknori ösimligini ekib, parvarişlab kelayotgani aniqlangan.

Gilavasoy qişloğidagi toğ yonbağirlarida joylaşgan yer maydoni közdan keçirilganda, jami 17 ming 600 tup köknori va 9 tup kannabis ösimligi borligi malum bölgan.

Şuningdek, uşbu şaxsning yaşaş xonadonidan quritilgan köknori boşoqlari hamda quritilib, maydalangan holda saqlanayotgan köknori ham topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi (taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) hamda 25- (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş), 273-moddasi 6-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki jönatiş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistondan Özbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari töxtatib qolingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: