USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Rossiyaning yirik neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi

55 марта
Украина Россиянинг йирик нефтни қайта ишлаш заводига ҳужум қилди

Ukraina dronlari bugun, 9 noyabrga ötar keçasi Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Kirişi şahriga hujum qildi. Hujumdan söng Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri – “Kirişinefteorgsintez“da yonğin çiqdi. Bu haqda “Meduza“ xabar berdi.

Viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenkoning malum qilişiça, 9 noyabrga ötar keçasi hududda 113 ta dron urib tuşirilgan. Şuningdek, Kirişi şahridagi sanoat hududiga dronlar kelib urilgan.

Dron parçalari Kirişi şahridagi xonadonlardan biriga, Vsevolojsk şahridagi köp qavatli uy tomiga tuşgan. Biroq gubernator boşqa tafsilotlarni oçiqlamagan.

“Astra” naşri Kirişi şahrida olingan videolarni tahlil qilib, “Surgutneftegaz“ kompaniyasiga qaraşli “Kirişinefteorgsintez“ zavodida yonğin çiqqanini yozgan. Uşbu korxona Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi.

Malumot uçun, “Kirişinefteorgsintez“ Rossiya-Ukraina uruşi davomida bir neça bor dronlar hujumiga uçragan. 2026 yil may oyida ham hujumdan keyin zavod faoliyatini töxtatgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Adigeya Respublikasidagi Ozon internet-dökoniga tegişli logistika markaziga zarba bergan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: