USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin rus tiliga hurmati uçun Rahmonga rahmat aytdi

39 марта
Путин рус тилига ҳурмати учун Раҳмонга раҳмат айтди

Rossiya Tojikistonda rus tiliga qaratilayotgan etibordan minnatdor. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan bugun, 12 noyabr kuni Kreml saroyida bölib ötgan uçraşuvda malum qildi.

Keça, 11 noyabr kuni Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga azo davlatlar rahbarlari navbatdagi sammit uçun Moskvada töplandi. Sammit allaqaçon ötgan bölişiga qaramay, Imomali Rahmon Putin bilan muloqot qiliş uçun yana bir kun Moskvada qoldi. 

“Bugun, kelişib olganimizdek, uçraşuvimizni ikki tomonlama munosabatlarga bağişlaymiz. Bu aloqalar, şubhasiz, strategik xarakterga ega bölib, ham iqtisodiy, ham gumanitar sohalarda juda ijobiy rivojlanmoqda. Tojikistonda rus tiliga körsatilayotgan etibor uçun sizdan minnatdormiz va men buni doimo takidlab kelaman”, degan Putin Rahmonga. 

Rossiya rahbari alohida etibor talab qiladigan boşqa köplab masalalar borligini ham qayd etgan va Rahmonga Moksvada qolgani uçun rahmat aytgan. U Rahmon bilan bevosita ikki tomonlama munosabatlar xususida muloqotni davom ettiriş imkoniyati paydo bölganidan mamnunligini bildirdi. 

“Keça mavqedoşlarimiz bilan KXŞT masuliyat hududida xavfsizlikni taminlaş muammolarini muhokama qildik. Menimça, barça muzokaralarimiz ijobiy va samarali natija bilan yakunlandi. Uşbu öta muhim sohada birgalikda işlaşga qatiy bel boğlaganimiz yana bir bor tasdiqlandi”, deydi Rossiya yetakçisi.

Tojikistonda rus tili

Malumot uçun, Tojikiston Konstitutsiyasining 2-moddasiga köra, davlat tili tojik tili hisoblanadi, rus tiliga esa "millatlararo muloqot tili" maqomi berilgan. 2009 yilda qabul qilingan «Davlat tili töğrisida»gi qonunda rasmiy iş yuritiş töliq tojik tiliga ötkazilgan bölsa-da, 2011 yilda kiritilgan özgartirişlar bilan qonun hujjatlarini rus tilida ham elon qiliş va davlat idoralariga rus tilida murojaat qiliş huquqi saqlab qolingan.

Mamlakat böylab 39 ta (ayrim hisobotlarda 40 taga yaqin) umumtalim maktabida darslar faqat rus tilida olib boriladi. Ularning orasida Rossiya bilan hamkorlikda qurilgan 5 ta yirik zamonaviy maktab (Duşanbe, Xöjand, Boxtar, Kölob va Tursunzoda şaharlarida), Rossiya Mudofaa vazirligi huzuridagi maktablar hamda mahalliy rus maktablari mavjud.

Bundan taşqari, Tojikistonda 160 dan ortiq aralaş tilli maktablar faoliyat yuritadi. Ularda talim ham tojik, ham rus tillaridagi alohida sinflarda olib boriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: