USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil Ğazodagi tunnellar uçun gumanoid robotlar sotib olmoqçi

36 марта
Исроил Ғазодаги туннеллар учун гуманоид роботлар сотиб олмоқчи

Isroil armiyasi Ğazo sektoridagi HAMAS tunnellarida foydalaniş uçun 1 mingtagaça odamsimon robot xarid qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Ularni kelgusida jangovar harakatlarga jalb etiş ehtimoli ham körib çiqilmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, gap AQŞning Foundation Future Industries startapi tomonidan işlab çiqariladigan Phantom rusumidagi gumanoid robotlar haqida bormoqda. Kompaniya AQŞ Prezidenti Donald Trampning öğli Erik Tramp tomonidan qöllab-quvvatlanadi.

Malumotlarga köra, muzokaralar kompaniya hammuassisi va prezidenti Mayk LeBlanning bayonotlariga asoslangan. Hozirça tomonlar örtasida şartnoma imzolangani yoki robotlarni yetkazib beriş böyiça yakuniy qaror qabul qilingani haqida malumot yöq. Isroil armiyasi yoki Mudofaa vazirligi ham muzokaralarni rasman tasdiqlamagan.

Foundation Future Industries 2024 yilda taşkil etilgan bölib, uning boş qarorgohi San-Frantsiskoda joylaşgan. Kompaniya Phantom robotlarini sanoat işlari bilan birga harbiy maqsadlarda, jumladan, logistika va razvedka vazifalarini bajariş uçun ham taklif qilmoqda.

Kompaniya vakillarining avvalgi malumotlariga köra, Phantom robotlari joriy yilda Ukrainada ham sinovdan ötkazilgan. Ular logistika va razvedka işlarida qöllangan, biroq jangovar harakatlarda iştirok etgani haqida malumot berilmagan.

Malumot uçun, Erik Tramp kompaniyaning investori va boş strategik maslahatçisi hisoblanadi. Biroq uning kompaniyaning kundalik boşqaruvi yoki davlat buyurtmalari böyiça qarorlar qabul qilişda iştirok etmasligi bildirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: