Xitoy armiyasi gumanoid robotlarga jang qilişni örgatyapti
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar şaroitda iştirok etişga tayyorlaşni boşladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Xitoy gumanoid robotlarni işlab çiqiş va işlab çiqariş böyiça jahon yetakçisiga aylangan. Amerika bangi baholaşiga köra, 2025 yilda jahon böyiça eksportning 95 foizi uşbu mamlakat hissasiga töğri kelgan. Xitoylik tadqiqotçilar öz iqtisodiyotini texnik qayta qurollantirişni taminlaş maqsadida ularni faol rivojlantirmoqda. Bu orada Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi öz qayta qurollanişi – gumanoid robotlarni jangovar şaroitda iştirok etişga tayyorlaş bilan şuğullanmoqda.
Qayd etilişiça, Xitoydagi harbiy muassasalar ularni harbiy harakatlar davomida qöllaş imkoniyatlarini sinovdan ötkazmoqda, robotlarning özini va ularni öqitiş texnologiyalarini xarid qilmoqda, ularning askarlar bilan özaro hamkorligini tadqiq etmoqda. Bu haqda harbiy xaridlar, ilmiy tadqiqotlar, patentlar, rasmiy xabarlar, hukumat va mudofaa kompaniyalari hujjatlariga oid 100 dan ortiq elonlar tahlili körsatadi. Bu işlar 2025–2026 yillarda jadal tus olgan. Asosiy etibor robotlarning atrof-muhitni qabul qilişi, manipulyatsiya va öqitiş uçun malumotlarga qaratilmoqda.
Hozirça jangovar robotlar armiyaning amaldagi bölinmalariga yetkazib berilgani yöq. Biroq şahardagi janglarda ularni qöllaş kontseptsiyasi allaqaçon taklif qilingan. Milliy mudofaa texnologiyalari universiteti (NUDT) 2025 yildagi tadqiqotda şturm guruhlarining tarkibi va harakatlarini modellaştirgan. Har ikkala şunday guruhga oltita “jangovar robot” – gumanoidlar, itsimon yoki uçuvçisiz apparatlar ajratiladi. Askarlar bilan birgalikda harakat qilib, robotlar duşman egallab olgan binoda xonama-xona, qavatma-qavat tozalaş işlarini olib boradi.
“Jangovar vaziyat köplab özgaruvçan omillar bilan tavsiflanadi va robotlar kutilmagan sinovlarga duç kelişi mumkin”, deydi Karnegi-Mellon universiteti maşinasozlik professori Aaron Jonson.
Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti maşinasozlik va aerokosmik injiniring kafedrasi professori Dennis Xonning aytişiça, robotlarni odamlarni yuborişni istamaydigan joylarga yuboriş imkoniyati – ularni işlab çiqiş bilan şuğullanişning eng asosli sabablaridan biri.
“Agar robotni yöqotiş inson halokatining oldini olişga imkon bersa, demak, robot sarflanuvçi material bölişi mumkin”, deydi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Uxan şahrida gumanoid robotlar uçun kundalik hayotiy vazifalarni örganadigan maxsus robotlar maktabi oçilgandi.