Xitoyda 2000 dan ortiq robot iştirokida sport musobaqasi böladi
Joriy yilning 22 avgust kuni Xitoy poytaxti Pekinda ikkinçi Jahon gumanoid robotlar musobaqasi start oladi. Unda 2000 dan ortiq antropomorfik robot iştirok etadi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.
Malum qilinişiça, 26 avgustga qadar davom etadigan musobaqada 666 ta jamoa qatnaşadi. Tadbir Pekin şahar hukumati, Xitoy media korporatsiyasi, Jahon robototexnika hamkorlik taşkiloti hamda Robototexnika böyiça jahon kubogining Osiyo-Tinç okeani kengaşi tomonidan taşkil etilmoqda.
Beş kun davomida sport, işlab çiqariş va istemolçilarga xizmat körsatiş yönalişlarida musobaqalar ötkaziladi. Jumladan, töpli sport turlari, futbol, kuraş, va xizmat körsatişga oid 21 ta yönaliş böyiça bellaşuvlar taşkil etiladi.
Musobaqalarning jadvali ziç ekani inobatga olinib, maydonda robotlarni zaryadlaş va tayyorlaş uçun maxsus infratuzilma yaratilgan. Iştirokçilar texnik nosozliklarning oldini oliş va aloqani barqaror taminlaş maqsadida 5G tizimidan foydalanadi.
Taşkiliy qömita rahbari örinbosari Çjao Dunveyning aytişiça, musobaqaning texnologik platformasi turli model va brendlarga mansub robotlarning öziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda işlab çiqilgan.
Uning takidlaşiça, tadbirning asosiy maqsadi gumanoid robotlarni işlab çiqariş va kundalik hayotga yanada kengroq integratsiyalaşuvini rağbatlantirişdan iborat.
Malumot uçun, birinçi Jahon gumanoid robotlar musobaqasi 2025 yil 15-17 avgust kunlari bölib ötgan. Unda qariyb 500 ta antropomorfik robot iştirok etgan. Musobaqada Avstraliya, Braziliya, Germaniya, Italiya, Indoneziya, AQŞ va Yaponiya kabi 16 mamlakatdan 280 ta jamoa qatnaşgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda aralaş yakkakuraş (MMA) qoidalari böyiça dunyodagi ilk robotlar jangi bölib ötgandi.