USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tarixda ilk bor robotlar örtasida MMA jangi ötkazildi

87 марта
Тарихда илк бор роботлар ўртасида MMA жанги ўтказилди

Keça, 17 iyul kuni Xitoyda aralaş yakkakuraş (MMA) qoidalari böyiça dunyodagi ilk robotlar jangi bölib ötdi. Bu haqda MMA Mania xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu bellaşuv Xitoyning EngineAI kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan Ultimate Robot Knock-out Legend (URKL) robototexnika musobaqasi doirasida ötkazilgan. Jang Şençjen şahridagi Nanşan madaniyat va sport markazida bölib ötgan hamda unda maşhur kino yulduzi Donni Yen maxsus mehmon sifatida qatnaşgan.

Musobaqaning saralaş bosqiçida dunyoning 10 ta davlatidan 200 dan ortiq jamoa iştirok etgan bölib, onlayn saralaş yakunlariga köra finalga 32 ta jamoa yöllanma olgan.

Barça iştirokçilar asosiy jangçi sifatida EngineAI’ning T800 robotidan foydalangan. Jamoalar robotlarga raqobatda ustunlik beriş maqsadida maxsus zirhlar, konstruktiv yeçimlar va muhandislik takomillaştirişlarini işlab çiqqan.

Iştirokçilar orasida Kaliforniya universiteti (Berkli), Stenford universiteti, Tsinxua universiteti, Çjetszyan universiteti va Gonkong universiteti jamoalari ham bölgan. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 10 million yuan (taxminan 1,48 million dollar)ni taşkil qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: